Sanya Pogbaning navbatdagi jamoasini taxmin qildi

Mirjalol Normatov
28 apr 2020
Fransiya terma jamoasi va "Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Bakari Sanya "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning kelajagi borasida fikr bildirdi.

"U Krishtianusi bor "Yuventus"ga o'tsa kerak. Pogba Turinni yaxshi ko'radi va u yerda yangi chorlovlarni qabul qiladi.

"Real"ga o'tish uning uchun og'irroq yo'l bo'ladi. Hozirda jamoa asosan qariyalardan tashkil topgan va u yerda Poldan ko'p narsani kutish ham noo'rin bo'lib qoladi.

"Yuventus" esa Remzi va Krishtianu kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolab, qanday yo'lda ketayotganini ko'rsatdi. Ha, Ronaldu yosh futbolchi emas, biroq u hali ham yoshlar kabi mehnat qilmoqda. Har qanday holatda ham "Yuventus"da yoshlar biroz ko'proq.

Menimcha yaqin 2-3 yilda "Real"dan ko'ra "Yuventus"da potencial kattaroq bo'ladi", - dedi Sanya.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal