“Bayer” Janubiy Koreya yoshlari terma jamoasi hujumchisi Ryu Sin Vuni ijaraga oldi
19 dek 2013 10:06
Yangiliklar


“Bayer” Janubiy Koreya yoshlari terma jamoasi hujumchisi Ryu Sin Vuni ijaraga oldi
Janubiy Koreya yoshlari terma jamoasi hujumchisi Ryu Sin Vu, ijara evaziga “Bayer”ga etdi.
Bugun 20 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va tez orada jamoaga qo'shiladi.
Ijara muddati tugagach esa liverkuzenliklar o'yinchini doimiy muddatga jamoada olib qolish huquqiga ega bo'lishlari mumkin.
Ryu Sin Vu Janubiy Koreya yoshlari tarkibida Turkiyada bo'lib o'tgan U-20 jahon chempionatida ishtirok etgan va Kuba va Portugaliya darvozalariga gol urishga erishgan.

Fikrlar