Bahrom Vafoev xotira turniri yakunlandi
13 okt 2015 00:45
Yangiliklar


Bahrom Vafoev xotira turniri yakunlandi
B.Vafoev nomli markaziy maydonida shuningdek 3-o'rin uchun uchrashuv ham o'tkazildi.
Dastlab
maydonda “Kasbi-BO'FM”(Kasbi) va “Yangier”(Yangier) jamoalari uchinchi o'rin
kurashishdi. Qiziqarli bahsda 3:4 hisobi qayd etildi va yangierliklar
xotira turnirining faxrli 3-o'rin sohibi bo'lishdi.
Finalda esa
“Mashal-2002” va “Nasaf-2002” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Bu o'yin
shiddatli va keskin kurashlarga boy bo'ldi. Final uchrashuviga to'plangan
tomoshabinlar yosh va iqtidorli futbolchilar ishtirokidagi ajoyib futbol
uchrashuvini miriqib tomosha qilishdi. Finalda yosh “nasaf”chilar 2:1 hisobida
g'olib bo'lishib, musobaqa bosh sovriniga ega bo'lishdi.
3-o'rin uchun bahs.
“Kasbi-BO'FM” – “Yangier” 3:4
Final
“Mashal-2002” – “Nasaf-2002” 1:2
O’xshash yangiliklar

Fikrlar