So’nggi yangiliklar

17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  1 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  5 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  10 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11

Bahrom Norsafarov: "Mening fikrimcha, bunday musobaqalarga tajribali hakamlarni qo'yish kerak" Yangiliklar

Bahrom Norsafarov: "Mening fikrimcha, bunday musobaqalarga tajribali hakamlarni qo'yish kerak"

Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Iordaniya uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Azzeridi CHi ishtirok etib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

"O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yin biz uchun og'ir bo'ldi. Ammo biz yanada kuchliroq bo'lishga harakat qilamiz. Terma jamoamiz hali yosh. Kamchiliklarimizni tahlil qilib, xatolarimizni to'g'irlashga intilamiz.

Bugungi o'yinda futbolchilarimiz ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. Bu xatolarni ustida ishlaymiz. Bazi vaziyatlarda omad ham kulib boqmaganini takidlash zarur. Birinchi bo'limda to'p darvoza to'siniga tegmay, gol bo'lganida o'yin boshqacha kechardi. Bu tarkib endi milliy terma jamoaga aylanadi. Ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu tarkibga kirmay qolgan boshqa futbolchilarni ham ko'rib chiqamiz", - dedi Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov qatnashdi.

"Vetnamga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan keyin bugungi uchrashuvda g'alaba qozonish biz uchun muhim edi. Terma jamoamiz futbolchilari borlarini berib harakat qilishdi. Juda ko'plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo faqat ikkitasidan foydalanishga muvaffaq bo'ldik. Ikkinchi bo'limda birinchisiga qaraganda yaxshiroq o'ynadik. Bosim natijasida raqibni qiynab qo'yishga erishdik. Bugungi uchrashuvda hakam ikkita vaziyatda yaqqol penaltini bermadi. Avvalgi uchrashuvda ham o'yinimizni boshqarib borgan hakam xatolarga yo'l qo'ygandi. Mening fikrimcha, bunday musobaqalarga tajribali hakamlarni qo'yish kerak. Endi Gonkongga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz", - dedi Bahrom Norsafarov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика