So’nggi yangiliklar

16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  3 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  1 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  3 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  3 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  8 12:56"Манчестер Сити" икки футболчи учун 180 млн фунт сарфлайди  18 12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  9 12:26"Насаф"нинг Қўқондаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:52Криштиану Роналдунинг ўғли финалда дубль қайд этиб, Португалияга ғалаба келтирди  17 11:25Лапорта Ямаль билан шартнома ҳақида: "Ҳамма нарса келишиб олинди"  26

Bahrom Hakimov: “Kuchlilar safida o'rnimizni saqlab qolish uchun kurashamiz” Yangiliklar

Bahrom Hakimov: “Kuchlilar safida o'rnimizni saqlab qolish uchun kurashamiz”

“Qizilqum” - “Dinamo” jamoalari uchrashuvidan so'ng, o'tkazilgan matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar murabbiyi Bahrom Hakimov ishtirok etdi.

-  O'yin kutilganidek, murosasiz va shiddatli o'tdi, - deya so'z boshladi Bahrom Mamajonovich. - Oxirgi ikki turda navoiyliklar raqiblariga imkoniyatni boy bergan. SHu bois, bugun jamoamizga oson bo'lmasligini bilardik. SHunga qaramay, dastlabki daqiqalardan hujumkor tarkibni maydonga tushirdik. Bugungi o'yin menimcha muxlislarga ham juda manzur bo'ldi. Albatta oddiy vaziyatda gol o'tkazib yuborganimiz bizga qimmatga tushdi. Saviya jihatdan bugun teng kuchli ikki jamoa o'zaro bahs yuritdi. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanganimizda balki uyga kamida bir ochko bilan qaytishimiz ham mumkin edi. Qolaversa, jamoamizning o'yiniga bugungi maydonning holati ham salbiy tasir qildi. Ayrim vaziyatlarda futbolchilarimiz o'zlari o'ylagan taktikalarni ishga sola bilishmadi. SHunga qaramay, butun o'yin davomida bizni qo'llab turgan ko'psonli samarqandlik muxlislarga rahmat aytaman.

-  Raqib jamoa haqida biror nima deyishim qiyin. CHunki qayta shakllanayotgan tarkibimiz “Qizilqum” bilan ilk marta kuch sinashdi. CHempionat jadvalida egallab turgan mavqeimiz raqibimizga nisbatan bir muncha murakkab. Oldimizga kuchlilar safidagi o'rnimiz saqlab qolish vazifasi qo'yilgan. Buning uchun bor kuch-imkoniyatni ishga solamiz. Davralar oralig'ida tarkibimizga qo'shilgan Kamoliddin Murzoev va boshqa futolchilar o'z o'yinini topib, muxlislar ishonchini oqlaydi, deb o'ylayman.

-  Hakamlar faoliyatini baholaydigan mutaxassislar bor. Bugungi uchrashuvda Filiposyan, SHotursunovlar jamoamizga yordam bera olishmagandi. Endi keyingi turda Bozorov hamda Xolmurodovlarsiz o'ynashga majbur bo'lamiz. Bu - futbol! Albatta keyingi o'yinlarda muxlislarimizni xursand qilish uchun maydonga tushamiz.

-  Oxirgi malumotlarga qaraganda, kelasi mavsumdan oliy liga jamoalarida legioner darvozabon maydonga tushirilmas ekan. SHu bois, bugungi o'yinda mahalliy darvozabon Muhiddin Xudoyorovga imkoniyat berdik. Melnichuk zaxirada qoldirildi. Menimcha, dastlabki davrada o'yin amaliyotisiz qolganiga qaramay Muhiddin Xudoyorov “Qizilqum”ga qarshi yomon o'yin namoyish etmadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика