Bahriddin Vahobov: "SA"ning ramziy terma jamoasidan qachondir o'rin olaman deb niyat qilgandim"
09 apr 2014 20:20
Yangiliklar

Bahriddin Vahobov: "SA"ning ramziy terma jamoasidan qachondir o'rin olaman deb niyat qilgandim"
Malumki, saytimiz ijodkorlari oliy liganing har bir turidan so'ng o'zining ramziy terma jamoasini aniqlab omma etiboriga havola etib kelmoqda.
Yaqinda bo'lib o'tgan 4-turdan so'ng ham bir qator futbolchilar ramziy terma jamoadan o'rin egalladi. Ulardan biri Bahriddin Vahobovdir. "Buxoro" klubi hujumchisi 4-turda "Metallurg"ga qarshi bahsda sermazmun harakatlari bilan ko'pchilikda iliq taassurot qoldira oldi. SHu munosabat bilan Vahobov bilan suhbatlashdik.
- Championat.asia saytining doimiy o'quvchisiman. Ko'z tegmasin juda yaxshi ishlayapsizlar. Ilgari tur ramziy terma jamoasini boshqa saytlarda berilmasdi. "SA" ijodkorlari esa bu yildan ushbu loyihani yo'lga qo'ygani yaxshi bo'ldi. O'ylaymanki bu loyiha "SA"ning boshqa futbolchi o'quvchilariga ham yoqdi.
- Dastlabki 3ta o'yinda jarohat sababli jamoamga yordam bera olmagandim. 4-turga kelib esa maydonga tushdim. Jarohatdan keyin avvalgidek o'ynab ketish qiyin bo'ladi. Lekin shaxsan o'zim Metallurgga qarshi bahsda ko'rsatgan o'yinimdan qoniqdim. Afsuski bu uchrashuvda ham jarohatga yo'liqdim. Oyog'imning barmog'ini sindirib oldim va endi katta extimol bilan keyingi ikki o'yinni o'tkazib yuborsam kerak.
- Aynan 4-tur ramziy terma jamoasidan o'rin olishimni kutmagandim. Lekin bir kun kelib albatta "SA"ning tur ramziy terma jamoasiga kirishimga ishongandim va bunga niyat qilgandim. Etibor uchun sayt xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. Nasib qilsa kelasi turlarda ham o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar