So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Bahriddin Vahobov: Obodga qarshi o'yindan oldin barchada kayfiyat yuqori va jangavor xolatdamiz Yangiliklar

Bahriddin Vahobov: Obodga qarshi o'yindan oldin barchada kayfiyat yuqori va jangavor xolatdamiz

Xabaringiz bo'lsa kerak, kelayotgan shanba kuni Buxoro safarda chempionat autsayderi Obodga qarshi bahs olib boradi. Bo'lajak o'yin oldidan buxoroliklarning tajribali hujumchisi Bahriddin VAHOBOV bilan suhbatlashdik.

- Hademay oliy ligada navbatdagi tur o'yinlari boshlanadi. Jamoamiz bu gal Toshkentda o'ynaydi. Bo'lajak uchrashuv tayyorgarlik qanday bo'lmoqda?

 - SHanba kuni Obod bilan o'ynaymiz. Raqib jamoani xurmat qilamiz doim. SHuning uchun kuni-kecha poytaxtda yig'ildik va tayyorgarlikka zo'r berganmiz.

- Birinchi davrada Buxoro ushbu raqibiga o'z uyida imkoniyatni boy bergandi. Balki revansh olish payti kelgandir?

- Birinchi davrada nafaqat ushbu jamoaga mag'lub bo'lganmiz, balki birgina Obod darvozasiga to'p ham kirita olmagan ekanmiz. Bilasizmi, Obod jamoasi ayni damda turnir  jadvalidda eng so'nggi pog'onani band etib turgan bo'lsada, jamoa ketma-ket omadsiz o'yinlardan keyin bizga qarshi xuddi yaralangan sher kabi turibdi, deyish mumkin. Menimcha har qanday jamoa o'z maydonida faqat yutuq uchun chiqadi. Lekin biz ham ertangi o'yinda osonlikcha taslim bo'lmaymiz. Ortimizdan taqib etib kelayotgan jamoalar bilan ochkolar farqi deyarli teng. Ularni o'zimizdan o'tkazib yubormasligimiz kerak.

- Sizdan ham muxlislar ancha vaqtdan beri gol kutishmoqda...

- Ha, to'g'ri aytasiz. Oxirgi marta birinchi davraning so'nggi turida So'g'diyona darvozasiga to'p kiritgandim. Nasib qilsa Obod bilan o'yinda gol urishga xarakat qilaman. Lekin men uchun asosiysi jamoamning g'alabasidir.

Buxoro matbuot xizmati.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика