So’nggi yangiliklar

08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  0 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  1 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5

Bahrayn terma jamoasi azolari qanday to'p tepishadi? Yangiliklar

Bahrayn terma jamoasi azolari qanday to'p tepishadi?

8 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi safarda Bahraynga qarshi maydonga chiqadi.

KXDRdan keyingi ikkinchi jiddiy raqibimiz bo'lgan terma jamoada bugun avlodlar almashinuvi davom etyapti va bu ularning o'yinlariga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Bahrayn terma jamoasining hozirgi kuchi biznikidan pastroq bo'lsa-da, ular biz uchun ancha noqulay raqib hisoblanadilar.

Asosiy tarkib o'yinchilariga to'xtalib o'tar ekanmiz, ularning kuchiga quyidagicha baho berdik.


#23 Rashid Al Xutiy. 

Amplua: CHap qanotning hujumkor yarim himoyachisi.

CHapaqay futbolchi bo'lgan Rashid Al Xutiy Yaman bilan bo'lib o'tgan o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan. CHap qanotda vinger vazifasida to'p tepadi. Bahrayn terma jamoasi asosan uzun paslar orqali hujum qiladi. Xutiyning tezkorligi sabab, uning sheriklari olisdan uni to'p bilan taminlaydilar va u o'z tezligiga tayanib to'pga birinchilardan bo'lib etib kela oladi. Bu safar u Islom To'xtaxo'jaevning sinovidan o'tadi. Boshi bilan to'pni o'ziga to'g'rilab olishga usta futbolchi. Lekin texnikasi kuchli emas. Agar uning qarshisida jismoniy baqquvat futbolchilarimiz bo'lsa, tezligi pand berishi mumkin.




#15 Abdulla Umar.

Amplua: O'ng qanot himoyachi

Bu himoyachi bo'ydor va jismonan baqquvat. Ikkinchi qavatdagi to'plarni yutishga usta. Uning ustun tomoni o'z qanotidan hujumga o'tishi. Aksar himoyachilardan farqli ravishda u faqatgina bitta chiziq bo'ylab yugurmaydi. Agar hujumga qo'shilsa, sherigiga pas oshirgach, o'zini markazroqqa "uradi". Yaman terma jamoasiga urgan goli aynan shu uslubda bo'lgan edi.


#20 Sami Al Husaini

Amplua: Hujumchi

Uzoqdan zarba berishni yaxshi ko'radi. Lekin "ramka"ni poylay olmaydi. Texnikasi ko'cha futboliga o'xshaydi. Rejasiz jarima maydonchasi ichiga kirib pala partish harakat qiladi. Agar bu futbolchi O'zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, himoyachilarimizga oson bo'ladi. Ahmedov va Haydarov oldida bu futbolchi o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmasligi aniq. 


#9 Abdulvahob Al Malud 

Amplua: Markaziy yarim himoyachi

23 raqamdagi Rashid Al Xutiy bilan juda zo'r chiqishadi. Huddi "Lokomotiv"dagi Jasur Hasanov va Sanjan SHoahmedov tandemi kabi. Jarima maydonchasi yorib kirish imkoniyati yo'q maydonda birinchi bo'lib chap qanotdagi Xutiyni "qidiradi". Agar To'xtaxo'jaev to'psiz Rashid Al Xutiyni o'z nazoratiga olsa Al Maludga qiyin bo'ladi.


#16 Sayid Muhammad Adnan

Amplua: Tayanch yarim himoyachi

Terma jamoaning jarima zarbalarini aynan shu futbolchi tepadi. Olisdan yaxshi zarba bera oladi. Ayniqsa, o'ng oyoqdagi zarbasi kuchli. Ikkinchi qavatda kuchli harakat qiladi. U bor joyda havolatib to'pni oshirishni foydasi yo'q. Himoyachilarga tezda yordamga keladi. Yaman terma jamoasi darvozasini aynan jarima zarbasidan so'ng ishg'ol qilgan edi. 


#13 Abdulla Al Hazza 

Amplua: Himoyachi

Terma jamoa hujumga chiqqan payt chap qanotga o'tadi. Markazda to'p tepadi. Jiddiy hujum paytida xatolarga yo'l qo'yadi. 


#17 Husain Baba Muhammad (sardor)

Amplua: Himoyachi

Terma jamoaning markaziy himoyachisi, Bahraynning shtatchi penaltichisi. O'ng oyoqda yaxshi to'p tepadi. Asosan uzun paslar bilan terma jamoasinining yarim himoyachilari va hujumchilarini to'p bilan taminlaydi.


#3 Abdulla Yusuf Hilol

Amplua: Hujumchi

Bahrayn terma jamoasining eng ojiz nuqtasi - bu hujum chizig'i. Bo'ydor futbolchilarga ega bo'lsada, hujumchilar ancha bo'sh harakat qilishadi. Birinchi qavatda na Sami Al Husaini, na Abdulla Yusuf Hilolning ishi yurishmaydi. Ismoilov va Krimec bu ikki futbolchini qiyinchiliksiz o'zlariga bo'ysundirib olishlari mumkin.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика