So’nggi yangiliklar

23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  1 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  1 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  2 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  11 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  9 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  43

Bahodir Nasimov: “Janubiy Koreyada jamoaviy o'yin yo'q” Yangiliklar

Bahodir Nasimov: “Janubiy Koreyada jamoaviy o'yin yo'q”

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 3-saralash bosqichi 5-tur uchrashuvini Seulda Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazadi.

SHiddatli bahs oldidan Toshkentning “Bunyodkor” klubi futbolchisi Bahodir Nasimov vakillarimizga omad tilab, ularni qo'llab-quvvatlashlarini bildirdi.

“Ko'pchilik Janubiy Koreyani kuchli deb o'ylaydi. Muxlislarning yodida bo'lsa 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida koreyslar bilan to'qnash kelgandik.

“Osiyo yo'lbarslari” o'sha bahsda 90 daqiqa bizga qarshi hech nima qila olmagan edi. O'zimizda ham bir-ikkita xavfli vaziyatlar bo'lgan edi. Ulardan unumli foydalana ololmagandik. Qo'shimcha vaqtda ular himoyadagi xatoyimizdan foydalanib darvozamizni ishg'ol qilgandi. Janubiy Koreya emas O'zbekiston terma jamoasi ham kuchli hisoblanadi.


Koreyslarning 3, 4 nafar futbolchisi Evropa jamoalarida to'p tepishi mumkin, bu bilan ularning tarkibi kuchli degani emas. Janubiy Koreyada avvalgiga qaraganda ayni damda jamoaviy o'yin yo'q.

Misol uchun, Islandiya terma jamoasini olaylik, ular qanday natija ko'rsatishmoqda? Futbolda nomlar rol o'ynamaydi. Futbol jamoaviy o'yin sport turi hisoblanadi. Vakillarimiz bir-birini qo'llab-quvvatlan, maydonda 100 foiz o'yin ko'rsatda biz albatta bugun g'alaba qozonamiz.

Nasib qilsa bugun vakillarimiz noxush ananaga chek qo'yadi. Faqat g'alabani o'ylasa durangni o'zi keladi. Agar durang natijani o'ylasak mag'lubiyatga uchrashimiz mumkin. SHuning uchun ham maydonga faqat g'alaba qozonish uchun chiqish kerak. Nasib qilsa O'zbekiston yurtimizga g'alaba bilan qaytadi. Biz ularni qo'llab-quvvatlaymiz”, - deydi Bahodir Nasimov.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика