So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  2 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  3 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

Bahodir Ashurmatov: "Kelajak Yulduzlari-2015" ajoyib tarzda o'tdi Yangiliklar

Bahodir Ashurmatov: "Kelajak Yulduzlari-2015" ajoyib tarzda o'tdi

Kuni kecha saytimiz tomonidan o'tkazilgan "Kelajak Yulduzlari-2015" futbol festivali o'z yakuniga etdi.

"Oreo" savdo brendi homiyligi ostida o'tkazilgan musobaqada "Joma", "Akfa Olami" va "Saltanat" brendlari ham o'z ko'maklarini ayamadilar. 

"Bunday musobaqalar yosh avlodlar uchun o'ta muhim deb o'ylayman. Festivalda ishtirok etar ekanman, undagi voqealarni video va foto ko'rinishda saytda muntazam berib borilganligi menga yoqdi. Ota-onalar ham o'z farzandlarini OAV etiborida ko'rib, xursand bo'ldilar. O'zbekistondagi futbol saytlari ichida birinchilardan bo'lib bunday katta ishga qo'l urdingiz va kelajakda ham bu ishni davom ettirishingizni so'ragan bo'ladim", - deydi "Akfa Olami" savdo brendi vakili Bahodir Ashurmatov saytimizga bergan intervyusida.


- Homiylik qilishingizga nima turtki bo'ldi?

- Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan biz kabi tadbirkorlarga juda katta imkoniyatlar berilyapti. SHunday ekan, biz imkoniyatlarimizda foydalangan holda mahsulotlarimizni bozorga olib chiqishda reklama xizmatidan foydalanamiz. Bu borada futbol eng yaxshilaridan biri. Turnir haqida xabar topganimdan so'ng ikkilanib o'tirmay bunga rozi bo'ldim. Biz esa "AKFA" alyumin va plastik profillardan sifatli eshik va romlar yasaymiz. Fursatdan foydalanib telefon raqamimni qoldiraman (+998909742304). Futbol muxlislari uchun chegirmalar bor.

- Homiy sifatida tashkilotchilikdan qoniqish hosil qildingizmi?

- Albatta. Bunga birinchi sabab, bolalarning o'sha kundagi holatlari bo'ldi. Ular o'zlarini xuddi katta futbolda yurgandek his etdilar. Musiqa sadosi ostida zalga kirib kelishdi, keyin madhiyani birgalikda aytishdi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Hamma-hammasi katta futboldagidek edi. Musobaqada ishtirok etgan futbolchilardan hech yo'g'i bir nafari kelajakda milliy terma jamoamiz safidan o'rin olsalar, hammadan ham biz ko'proq xursand bo'lamiz.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика