Tuxel: "PSJda murabbiydan ko'ra ko'proq sport vaziri edim"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2021
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel yaqinda Trentoda bo'lib o'tgan futbol festivalida PSJdagi faoliyati haqida gapirdi.

"PSJ va "Chelsi" uslubi va tashkiliy jihatdan bir-biridan farq qiladigan klublar hisoblanadi. PSJda murabbiydan ko'ra ko'proq sport vaziri edim. U yerda yulduz futbolchilarning do'stlari va oilalari bilan ham gaplashardim. Lukakuni shug'ullantirish Neymar va Mbappega qaraganda osonroq", - deydi Tuxel.

Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel o'tgan yili PSJdan iste'foga chiqarilgandi. 2021 yilning yanvar oyida nemis mutaxassisi "Chelsi"ni qabul qilib oldi va bir necha oydan so'ng jamoani Chempionlar ligasi g'olibligi sari etaklab keldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS