So’nggi yangiliklar

12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  0 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  2 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  0 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  7 09:11ЦСКАнинг янги бош мураббийи мамлакатида қамалиши мумкин  0 08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  1 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  24 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  7 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  3 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2

Bahodir Ahmedov: "Venesuela uslub jihatdan Misr va Guatemalaga o'xshab ketadi. Lekin..." Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Venesuela uslub jihatdan Misr va Guatemalaga o'xshab ketadi. Lekin..."

Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal terma jamoasi ertaga Toshkentda Venesuelaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.

SHu munosabat bilan bugun O'FA anjumanlar zalida ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov va darvozabonimiz Rustam Umarov qatnashdi. 

"Avvalambor assalomu aleykum.  Venesuela bilan o'rtoqlik uchrashuvi tashkillashtirib berishgani uchun O'FAga katta minnatdorchilik bildiraman. Ular bilan o'ynash  ham foydali, ham katta sharaf. Raqib mundialda ko'p ishtirok etgan. Bu borada katta tajribaga ega. CHiroyli o'yin o'tkazib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz",-  deydi Bahodir Ahmedov.

- Venesuela uslub jihatdan Jahon chempionatida O'zbekiston o'rin olgan guruhdagi qaysi jamoaga o'xshash?

- Ularni o'z uslubi va futzalchilari bor. Venesuela ko'proq Misr va Guatemalaga o'xshab ketadi. Biroq mundialda raqiblarimiz boshqacha taktikadan foydalanishi mumkin. Hamma narsaga tayyor turishimiz kerak. 

- FIFAga 25talik kengaytirilgan tarkib beriladi. Hozirda yig'inda 20 nafar futzalchi ishtirok etmoqda. Taxminan yana qolgan o'yinchilar ham aniqmi?

- Taxminan o'yinchilar belgilab bo'lingan. Oxirgi pallagacha yana o'zgartirishimiz ham mumkin. 20 nafardan boshqa yana 20ta futzalchilarimiz bor. 


"Bizni ikkita yaxshi o'yin kutmoqda.  Venesuela o'ziga yarasha nomdor va yaxshi jamoa. Tezkor va tartibli o'yinchilarga ega. O'ylaymanki ertaga arenaga keladigan ishqibozlarga xursandchilik ulasha olamiz",- deydi Rustam Umarov.

- Intervyularingizni birida Rossiyaga qarshi o'ynash orzuingiz ekanligini aytgandingiz. 

- Ha shunday orzuim bor edi. Rossiya haqida juda yaxshi malumotlarga egaman. Aloqalarimiz yaxshi. Jahon chempionatida ularga qarshi munosib o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. 


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика