So’nggi yangiliklar

15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  5 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1

Bahodir Ahmedov: “Osiyo chempionatida murabbiy sifatida qatnashish qiyinroq” Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: “Osiyo chempionatida murabbiy sifatida qatnashish qiyinroq”

Futzal bo'yicha 2016 yilning 10-21 fevral kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 28 dekabr kuni navbatdagi qisqa muddatli yig'inni boshladi.
30 dekabrda yig'in yakunlanadi. Terma jamoa katta murabbiyi Bahodir Ahmedov ana shu yig'in va Osiyo chempionatidagi raqiblarimiz haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Nima uchun qisqa muddatli yig'in tashkil qilindi?
- Ushbu yig'in 28-30 dekabrga mo'ljallangan, yani 3 kun davom etadi. Yangi yil oldidan qisqa muddatli yig'in o'tkazishimizdan asosiy maqsad milliy chempionatimizning uchinchi turidan keyin futzalchilarning holatini bir maromda ushlab turish. Dam olish vaqti uzoq bo'lmasligi lozim.

- Yig'in qanday dastur asosida o'tkazilmoqda?
- Yig'in terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mariya Mendezning dasturi asosida o'tkazilmoqda. U hozir o'z vatanida, lekin 3 kunlik yig'in uchun maxsus dasturni berib ketgan.
Mashg'ulotlar 3 kun davomida ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Ertalabki mashg'ulotda jismoniy tayyorgarlikka ishlayapmiz, bunda yigitlar uzoq masofaga yugurgach trenajer zalida shug'ullanishmoqda. Kechki mashg'ulotlar esa to'p bilan ishlashga qaratilmoqda, bunda o'yin paytida yuzaga keladigan vaziyatlar ustida ishlayapmiz.



- Tarkibda jarohatlar bormi?
- Darvozabonimiz Rustam Umarov tizzasidagi kichik jarohat sabab birinchi kuni ertalabki mashg'ulotni o'tkazib yuborgan edi, hozir hammasi joyida va u yana jamoa bilan birga yugurmoqda. Bundan tashqari, Konstantin Sviridovga Oliy liga uchinchi turida olgan jarohati tufayli jismoniy yuklamalar bermayapmiz. Qolgan barcha soppa-sog'.

- Osiyo chempionatidagi raqiblarimizdan Qirg'iziston va Livan terma jamoalariga qarshi futzalchilik faoliyatingizda ham to'p tepgansiz. Bu jamoalar haqida nima deya olasiz?
- Osiyoda barcha terma jamoalar juda tez o'sib bormoqda, chunki qitamizdagi terma jamoalarda asosan xorijlik murabbiylar ishlamoqda. Xorijlik mutaxassis har qanday jamoaga albatta yangilik olib kiradi.
Qirg'iziston terma jamoasi bilan 2014 yil Vetnamda o'tkazilgan Osiyo chempionatining guruh bahslarida 2:2 hisobida durang o'ynaganmiz. Ayni paytda Qirg'iziston terma jamoasida rossiyalik murabbiy Andrey Polxovskiy ishlamoqda. Ular Osiyo chempionatida qanday uslubdan foydalanishadi buni oldindan aniq aytib bo'lmaydi. Himoyadanmi yoki hujumkor o'yin ko'rsatishadimi buni vaqt ko'rsatadi.
Livan terma jamoasining qanday taktik uslubdan foydalanishini ham o'yinda bilib olamiz. Livanga shu kungacha Osiyo chempionatlarida yutqazmaganmiz va bu ananani davom ettirishga harakat qilamiz.

- Qita birinchiligida ham futzalchi, ham murabbiy sifatida qatnashgansiz. Qaysi biri qiyinroq?
- Albatta murabbiy sifatida ishtirok etish ancha qiyin. CHunki bosh murabbiy shogirdlarining o'yin kunidagi holatidan kelib chiqib to'g'ri tarkib tanlay olishi, raqibga qarab to'g'ri taktikani tanlashi lozim. Futzalchi sifatida qatnashganda murabbiylar tayyor taktika va ko'rsatmalar berishadi. SHuni maydonga chiqib to'g'ri bajarsangiz bo'ldi. Futzalchi sifatida hayolda faqat bitta narsa bo'ladi – yutish.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика