Bahodir Ahmedov: "Ispaniyalik mutaxassis bilan futzalchilarning jismoniy holatini yaxshilashga harakat qilamiz"
12 iyu 2023 12:30
Yangiliklar
Bahodir Ahmedov: "Ispaniyalik mutaxassis bilan futzalchilarning jismoniy holatini yaxshilashga harakat qilamiz"
O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov ayni paytda olib borilayotgan o'quv-yig'in mashg'ulotlari va tayyorgarlik haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oldindagi musobaqalarga tayyorgarlik juda yaxshi ketyapti. O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Albatta yo'qotishlarni aytib o'tishim kerak, jarohatlanganlar ko'p. Mavsum tugaganiga ko'p bo'lmadi. Futzalchilar hali formada emas. Ispaniyalik mutaxassi bilan birgalikda ularni sport formasini yaxshi holatga keltira olamiz.
Jismoniy tayyorgarlik jarayonida Turkmaniston bilan o'ynaymiz. Og'ir holatda yigitlar o'zlarini ko'rsatishlari kerak bo'ladi", - deydi Bahodir Ahmedov.
Fikrlar