So’nggi yangiliklar

16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  1 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  2 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  1 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  33 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  7 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0

Bahodir Ahmedov: "G'alaba qozongan bo'lsak-da, ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "G'alaba qozongan bo'lsak-da, ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik"

Eronda davom etayotgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Nepal bilan to'qnash keldi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Natijada futzalchilarimiz qita chempionati final bosqichi yo'llanmasini naqd qilishdi.

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati-2020ga chiqdi

O'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

"Nepal terma jamoasi bugun ancha yaxshi o'yin namoyish etdi. Nepalliklar bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishga urindi. Yakunda qayd etilgan natijadan xursandman. Ammo, butun o'yin davomida shogirdlarim harakatlaridan to'la mamnun bo'ldim, deya olmayman. Zero juda ko'plab vaziyatlarda kichik xatolarga yo'l qo'ydik, ko'plab qulay imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Biroq asosiysi – mazkur uchrashuvda ham g'alaba qozona oldik va natijada Osiyo chempionati final bosqichiga yo'l oldik.

Bugun bir qator yosh futzalchilarimizga o'yin amaliyotini taqdim etdim. Ular mana shunday uchrashuvlarda o'ynab, sekin-asta tajriba to'plashi lozim.

Endi oldinda yana bir muhim o'yin turibdi. Biz har bir uchrashuvda faqat g'alaba qozonishga urinamiz. Tojikiston bilan bo'ladigan uchrashuvda ham faqat g'alaba uchun harakat qilamiz", - dedi tajribali mutaxassis.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика