Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati-2020ga chiqdi

Tolibjon Qosimov
24 okt 2019, 18:30
Bugun Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari davom ettirilmoqda.


O'zbekiston terma jamoasi Nepalga qarshi bahs olib bordi. Unda Bahodir Ahmedov shogirdlari 4:1 hisobida g'alaba qozondi va Osiyo chempionati-2020ga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


Oldinroq yakuniga etgan guruhning ikkinchi bellashuvida Tojikiston terma jamoasi Afg'onistonni 5:2 hisobida taslim qildi. Shu tariqa, O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalari saralashning ikkinchi turidan keyinoq qita birinchiligiga yo'l olishdi. So'nggi turda jamoalar o'zaro bellashishadi va saralashda guruhni kim birinchi pog'onada yakunlashini hal qilib olishadi.


"A" guruhi saralash bahslari taqvimi

23 oktyabr

14:30 - Tojikiston - Nepal 6:0

17:00 - O'zbekiston - Afg'oniston 6:2


24 oktyabr

14:30 - Afg'oniston - Tojikiston 2:5

17:00 - Nepal - O'zbekiston 1:4


25 oktyabr

14:30 - Nepal - Afg'oniston

17:00 - O'zbekiston - Tojikiston

Baxs yakunlandi! 

21 - Gooooolll, Dilshod Rahmatov.

Tanaffus.



13 - Gooooolll, Akbar Usmonov.



8 - Gooooolll, Yana Husniddin Nishonov.

3 - Gooooolll, Husniddin Nishonov uchrashuvda hisobni ochdi.

- Uchrashuv boshlandi!


Osiyo chempionati-2020 saralashi
Markaziy va Janubiy mintaqasi
"A"
guruhi, 2-tur
Nepal - O'zbekiston 1:4
Gollar: Husniddin Nishonov 3, 8, Akbar Usmonov 13, Dilshod Raxmatov 21 - Mani Kumar Lama 19.

Nepal: 2. Saroj Tamang 2. Buay Gurung 8. Aruj Sinx 9. Mani Kumar Lama 13. Sumit Kumar Ale
Zaxira: 1. Anish Shresta 2. Buay Shresta 4. Adil Hamid 5. Shanjok Chamling 6. Suraj Gurung 10. Nirmal Gurung 11. Ashish Lama 12. Binod Gurung 14. Abxay Rana

O'zbekiston: 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Xamroev, 8.Husniddin Nishonov, 14.Sunnatullo Jo'raev.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Xushnur Erkinov, 3.Mashrab Adilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Dilmurod Shavkatov, 10.Davron Choriev, 11.Akbar Usmonov, 13.Dilmurod Jumaev.




Terma jamoamiz a'zolari chigalyozdi mashqlarni bajarishayotgan palla.


Futzalchilarimiz bahs bo'lib o'tadigan "G'adir Halil" sport majmuasiga yetib kelishgan daqiqalar.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia