Bahodir Ahmedov: “Endi birinchi qadamni tashladik”
04 may 2014 10:55
Yangiliklar
Bahodir Ahmedov: “Endi birinchi qadamni tashladik”
Futzal byo'icha Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan terma jamoamiz 2-turda sensaciya qayd etdi.
Futzalchilarimiz kecha amaldagi Osiyo chempioni Yaponiyani 2:1 hisobida mag'lub etishdi. O'yin tugashiga sakkiz soniya qolganida Artur Yunusov tomonidan kiritilgan g'alaba to'pi bizga uch ochkoni taqdim etdi. O'yindan keyin termamiz ustozi Bahodir Ahmedov quyidagi fikrlarni bildirdi:
“G'alaba qozonish har doim yoqimli, buning ustiga raqib Yaponiyadek kuchli jamoa bo'lsa. Biz endi birinchi qadamni tashladik va keyingi uchrashuvda Janubiy Koreyani ham mag'lub etishni xohlaymiz”.
“Omad kelmasa futbol ham, futzal ham o'ynab bo'lmaydi. Albatta, bu bellashuvda omad biz tomonda bo'ldi, biroq 5:0ga yutasizmi, 10:0mi yoki 2:1mi hammasiga uch ochko beriladi. O'yin har ikkala jamoa uchun qiyin kechdi. Lekin yigitlarimiz shijoat ko'rsata olishdi”.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar