Badshtuber 17 oylik tanaffusdan so'ng umumiy guruh mashg'ulotiga qaytdi
02 may 2014 11:04
Yangiliklar
Badshtuber 17 oylik tanaffusdan so'ng umumiy guruh mashg'ulotiga qaytdi
“Bavariya” himoyachisi Xolger Badshtuber 17 oylik tanaffusdan so'ng, nihoyat jamoasining umumiy mashg'ulotlariga qaytdi.
Kecha Xolger umumiy guruhda shug'ullandi. Badshtuber odatiy mashg'ulotlardan keyin to'p bilan ham ishlashga ulgurdi. SHuningdek, 45 daqiqa davomida maxsus dastur asosida alohida mashq ham bajardi.
Eslatib o'tamiz, Xolger Badshtuber 2012 yilning dekabr oyida tizzasidan jiddiy jarohat olganidan beri yashil maydondan tashqarida yurgandi. Avvalroq 25 yashar himoyachining kelasi mavsumda safga qaytishi aytilayotgandi.
Badshtuber “Bavariya” klubi tarbiyalanuvchisi xisoblanadi. Asosiy tarkibda 2009 yildan beri o'ynab keladi. Umumiy xisobda Myunxen klubi libosida 149 ta uchrashuv o'tkazgan. Bu o'yinlarda raqib darvozasini bir bor ishg'ol qilib, 10 ta golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar