So’nggi yangiliklar

01:58"Ман Сити" Макатини 20+ млн фунтга сотиши мумкин. "Ноттингем" билан келишув сўнгги босқичда  0 01:32"Эвертон" Грилишни ижарадан кейин 50 млн фунтга сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади  0 01:01"Ман Сити" Савионинг кетиши фонида Симонснинг агенти билан алоқада бўлиб турибди. "Челси" ҳам "Лейпциг" хавбеки бўйича музокаралар олиб бормоқда  1 00:49"Тракторсози" — Эрон Суперкубоги соҳиби! Ҳамробеков жамоаси соврин учун курашда Машариповсиз ўйнаган "Истиқлол"ни таслим этди  2 00:44Вадим Абрамов: "Футболни тўғри ўйнаш керак, шунда ҳаммаси жойига тушади"  10 00:34Камолиддин Тожиев: "Барча ўйинларда охиригача курашяпмиз"  6 00:31"Комо" ПСЖ футболчисига қизиқмоқда  0 23:54Виталий Левченко: "Олдинга ҳаракат қилишда давом этамиз"  6 23:15Рўзиқул Бердиев: "Афсуски, натижа биз кутгандек бўлмади"  14 23:05"Ливерпуль" "Брентфорд" етакчисига даъвогар  0 22:27"Атлетико" 22+4 млн евро эвазига италиялик футболчини харид қилди  0 22:02Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Динамо" ва "Пахтакор" муросага келди  76 21:40Эксперт фикри. Мурод Исмоилов: "Нефтчи" чемпионликка катта қадам ташлади, "Насаф" осонликча таслим бўлмаса керак"  12 21:08Про лига. Далер Тухсановнинг дубли "Олимпик-MobiUz"га "ФарДУ" устидан ғалабани тақдим этди  0 21:05Суперлига. "Насаф" мавсумдаги илк мағлубиятини Фарғонада қабул қилиб олди  191

BAAlik jurnalist: "Eron - guruhdagi yaqqol favorit. O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi o'rin uchun asosiy davogar" Yangiliklar

BAAlik jurnalist: "Eron - guruhdagi yaqqol favorit. O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi o'rin uchun asosiy davogar"

JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi qura natijalaridan so'ng amirlik sport jurnalisti Jon Makliy BAA terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

- Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi saralashdagi raqiblarini bilib oldi. Guruh bosqichidagi raqiblar haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- BAA qiyin guruhdan joy oldi, ammo voqealar rivoji bundan ham yomon bo'lishi mumkin edi. Eron guruhdagi yaqqol favorit. O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi o'ringa asosiy davogar. Qatar va BAA uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallashsa kerak. Ikki arab mamlakatlari to'rtinchi bosqichga yo'l olishlari kerak.

- BAA terma jamoasining Jahon chempionatiga yo'l olish imkoniyatlari qanday baholaysiz?

- Imkoniyatlar yaxshi, sababi mundial ishtirokchilari soni ko'paytirildi. Bunday yaxshi imkoniyat boshqa bo'lmaydi. Ikkinchi saralash bosqichidagi o'yin sifatidan ko'nglim to'lmadi. Jahon chempionatiga chiqishni hoxlasak yaxshiroq futbol namoyish etishimiz kerak. Ayniqsa himoyachi chizig'ini yaxshilash kerak. Yarim himoya va hujumdagi o'yinchilarni to'g'ri tanlash kerak. Tarkibimizga balans etishmayapti. Amirliklar vakillari JCH-2026ga qo'shimcha pley-off bosqichi orqali chiqishlari haqiqatga yaqinroq.

- Guruhdagi asosiy raqiblar: Eron, Qatar va O'zbekiston terma jamoalari haqida gapirib o'tsangiz? Uch terma jamoa ham BAAdan kuchliroqmi?

- Agar Eron guruhda g'olib bo'la olmasa, men shok holatiga tushishim aniq. Ular har taraflama qolgan jamoalardan ustun. SHuningdek, forslar JCHning muntazam ishtirokchilari. O'zbekiston - ajoyib terma jamoa. Tarkib iqtidorli yoshlar bilan to'lgan. O'zbekiston yoshlar terma jamoalarini ham kuzatib boraman. Yosh futbolchilar sekin astalik bilan milliy terma jamoaga o'tmoqda. Yaqin kelajakda terma jamoangiz Osiyo grandlari qatoridan joy olishini taxmin qilaman. Qatar terma jamoasi avlodlar almashinuvi va o'tish davrida degan bo'lardim, lekin shunga qaramay ular ketma-ket ikkinchi marotaba Osiyo kubogida g'alaba qozonishdi. Bu dahshatli natija. Akrom Afifning bir o'zi o'yin natijasini hal qilib qo'yishi mumkin bo'lgan futbolchi.

- BAA terma jamoasi Osiyo kubogida omadsiz ishtirok etdi. Bosh murabbiy Paulu Bentu ham jamoada qoldi. Jamoaning hozirgi holati qanday?

- Jamoa o'tish davrida va o'z o'yinini izlamoqda. Bosh murabbiy Bentu hali o'z uslubini jamoaga singdira olmadi. Jarohatlar ham bunga xalal bermoqda, ammo Bentu o'yin sifatini tez orada kuchaytirishi kerak. Rasmiy o'yinlargacha juda kam vaqt qoldi.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика