So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  94 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

BAA, JCH. Masayuki Koneko: “Futbolni rivojlantirish uchun avvalo muxlislarga etibor berdik” Yangiliklar

BAA, JCH. Masayuki Koneko: “Futbolni rivojlantirish uchun avvalo muxlislarga etibor berdik”

SHarjadagi "Radisson Blu" mehmonxonasida to'rtta jamoa istiqomat qilyapti. Bular - O'zbekiston, Gonduras, SHveciya va Yaponiya. Bugun terma jamoamiz o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi.
SHu bois hamkasbim Xayrulla Xoliqov ikkimiz ertaroq mehmonxonaga tashrif buyurdik. Bu erda yaponiyalik mutaxassis Masayuki Koneko bilan tanishdik. U Yaponiya terma jamoasiga FIFA tomonidan biriktirilgan ekan. Tabiiyki jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan Yaponiya futbolining rivojlanish dasturi haqidagi uning bilganlari bilan tanishish biz uchun qiziq bo'ldi.

U bizni O'zbekistondan ekanligimizni bilganidan so'ng:
- O'zbekiston terma jamoasini musobaqada kuzatyapmiz. O'yinlaringiz menga yoqyapti. Umuman olganda, so'nggi yillarda mamlakatingiz futbolida katta o'sishga erishyapsizlar. Bu bilan sizlarni tabriklasa bo'ladi.

- O'z paytida Yaponiya ham shuday bosqichni bosib o'tgan. "Jey liga"ni rivojlantirishda avvalo nimaga ahamiyat qaratilgan?

- 90 yillarning boshida yapon iqtisodiyoti jiddiy tarzda o'sib bordi. SHunda biznikilar futbolga ham katta ahamiyat berish kerak ekanligini aytishdi. Unga qadar chempionatimiz oddiy ko'rinish olgan edi. 1994 yilga kelib unga professional maqomi berildi va dunyo tan olgan yulduzlar taklif etila boshlandi. Ularning orasida Zikoni hamma taniydi. 2000 yilga kelib etibor mahalliy o'yinchilarga qaratila boshlandi va qimmat legionerlarning kelishi to'xtatildi. Bundan tashqari jahonda yuz bergan inqiroz bizga ham o'zining salbiy tasirini o'tkazdi va yapon klublari katta harajatlardan qocha boshlashdi. Natija esa MTJ foydasiga bo'ldi. Yani biz etiborni yoshlarga qaratdik. Bugungi kunda Yaponiyada katta maoshga o'ynashmayapti.

- Futbolning o'sishida halollik muhim. Yaponiyada hakamlar va futbol rahbarlari o'rtasidagi halollik qay darajada?
- Bizning mentalitetda pora olish degan narsa yo'q. SHuning uchun liganing barcha klublarida saviya bir xil. Aksar davlatlarda bir jamoa ketma-ket ravishda chempionlikni qo'lga kiritadi. Yaponiyada bunday holni ko'rmaysiz. Quyi divizon vakili "Jey Liga"ga chiqsa chempion bo'lib ketaveradi. Keyin bizda totalizator degan narsa yo'q. Odamlar uni o'ynamasligiga sabab ham bor. CHempionatda o'yinlar kelishilmaganligi bois kim qaysi jamoani yutishini avvaldan bilmaydi. Hakamlar ham pora olishmaydi. Ammo qo'shni davlatlarda bu borada jiddiy muammolar bo'lyapti.

- CHempionatning tezda rivojlanib ketishida muhim rol o'ynagan burilish deb nimani ayta olasiz?
- Eng avvalo muxlislarni stadionga chorladik. Buni qanday amalga oshirdik? Olib borilgan kuzatishlar natijasida malum bo'ldiki, chempionat o'yinlariga asosan 30-40 yosh oralig'idagi kishilar tashrif buyurishgan. Nima uchun kichiklar va kattalar yo'q, nima uchun ayollar stadionga kelishmaydi? Buning uchun bizda marketing va omma bilan ishlashga alohida ahamiyat qaratila boshlandi. Bolalarni stadionga chaqirish uchun turli bepul o'yinchoqlar, kattalar uchun kofe, ayoli bilan keladigan erkaklarga esa oilaviy sektorlarni barpo etdik. Natija yomon bo'lmadi. Bugunga kelib barcha stadionlar to'lib toshgan.

- Jamoalar qaerdan pul topadi, majburiy homiylar bormi?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, 1994 yilda Yaponiyada iqtisodiyot keskin o'sib ketdi. SHunda davlat rahbarlari katta-katta kompaniya vakillarini yig'ib futbolga ham etibor qaratish lozimligini aytib o'tdi. Ammo bu majburiy emas edi. SHunda futbolga qiziqadigan kompaniya rahbarlari o'zlari joylashgan shahar jamoalariga homiylik qilishni boshladilar. Avvaliga "Toyota", "Nissan", "Panasonic" va JVC kabi yirik kompaniyalar homiylik qila boshladilar. Futbol saviyasi o'sib ketganidan keyin ular uchun endi bu sharafli ishga aylandi. Jamoalar o'z o'yinlarini TVga sotadilar, magazinlardan mo'maygina daromad oladilar. CHipta sotuvi bor. Turli xil ko'ngilochar tadbirlarni aytmasangiz ham bo'ladi. Har bir jamoaning o'z timsoli bor va ular o'yin davomida bolalar bilan o'ynashadi, qo'l berib ko'rishadilar. Bu esa ularni keyingi o'yinga yana stadionga kelishiga sabab bo'ladi. Bizda ota albatta o'z farzandi bilan futbolga keladi. Keyinchalik u bola katta bo'ladi va farzandini xuddi otasi kabi stadionga olib tushadi.

- Janob Suzukining Yaponiya futbolidagi xissasi beqiyos bo'lsa kerak?
- Albatta. Men aytib o'tgan aksariyat ishlarga aynan u bosh-qosh bo'lgan. Uning futbolda tutgan o'rni katta.
 
P.S. Bizda ham shunday, faqat OFKdan komissiya kelganida..

Xayrulla Xoliqov va
Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика