BAA terma jamoasi 3 mart kuni Toshkentga keladi
20 fev 2014 02:32
Yangiliklar


BAA terma jamoasi 3 mart kuni Toshkentga keladi
Kecha BAA futbol qo'mitasida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Bu haqida BAA Futbol Federaciyasi rasmiy sayti xabar bermoqda. O'zbekiston bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan rejalar belgilab olindi. Osiyo kubogi-2015 saralashining so'nggi turiga jiddiy etibor qaratgan BAA terma jamoasi 3 mart kuni Toshkentga etib keladi. 28 fevral kuni jamoa bosh menejeri Muftir Al SHamsi va jamoa bosh murabbiyi Ali Maxdi Toshkentga etib keladi va ikki kun davomida jamoa yashaydigan joy , mashg'ulot bazasi va stadion bilan tanishadi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogi-2015 saralashining so'nggi tur uchrashuvi 5 mart kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogi-2015 saralashining so'nggi tur uchrashuvi 5 mart kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.

Fikrlar