BAA chempionati, 10-tur. "Al SHabab"da g'alaba, Aziz Haydarovdan gol
05 dek 2015 19:44
Yangiliklar


BAA chempionati, 10-tur. "Al SHabab"da g'alaba, Aziz Haydarovdan gol
Birlashgan Arab Amirliklarida o'ynaydigan hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepadigan "Al SHabab" jamoasi 10-turda o'z uyida "Al Fujayra"ni qabul qildi.
15-daqiqasida braziliyalik Jo hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o'tgach Aziz Haydarov ikkinchi bor mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi. Muborak Hassan hisobni qisqartirdi. Bunga Muhammad Juma yana bitta gol bilan javob berdi - 3:1.
O'yinning ikkinchi bo'limida Muhammad Juma dublga erishdi - 4:1. SHu tariqa "Al SHabab" yirik g'alabaga erishdi.
BAA chempionati, 10-tur.
"Al SHabab" - "Al Fujayra" 4:1
Gollar: Jo 15, Azizbek Haydarov 25, Muhammad Juma 34, 49 - Muborak Hassan 32
O’xshash yangiliklar

Fikrlar