BAA. "SHarja" g'alaba qozonib chempionlik sari yana bir qadam tashladi
12 apr 2019 22:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/489625_original.jpg)
![](/upload/storage/489625_220.jpg)
BAA. "SHarja" g'alaba qozonib chempionlik sari yana bir qadam tashladi
Bir necha daqiqa avval mazkur jamoa "Baniyas" mehmoni bo'ldi va irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Suxail Axmed Al Nubi tezkor goli evaziga hisobni ochgan bo'lsa, birinchi bo'lim yakunlanishga 10 daqiqa qolganida Igor Koronado muvozanatni tikladi - 1:1. Ikkinchi bo'limning 74-daqiqasida Koronado penaltini aniq amalga oshirgan holda "SHarja"ga 3 ochko keltirgan gol muallifiga aylandi. Bahsda Otabek SHukurov jarohati bois ishtirok etmadi.
Ushbu g'alabadan so'ng, sharjaliklar hisobidagi ochko 50 taga etdi. Ularning eng yaqin taqibchisi "Al Ayn" 38 ochkoga va 1 ta o'yin zaxirasiga ega bo'lib turibdi.
Baniyas Suhail Ahmed Al Noobi - 3' |
Arabian Gulf League . 20-tur 12/04/2019, 19:00 2
:
1
Tugadi
|
Sharjah Cultural Club Igor Coronado - 35', Igor Coronado - 74' |
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar