Azmun Xalkning rekordini yangiladi
20 avg 2020 20:25
Yangiliklar


Azmun Xalkning rekordini yangiladi
RPL 3-turi doirasida “Zenit” Sardor Azmunning dubli evaziga CSKAni (2:1) mag'lub etdi.
Eronlik forvard “Zenit”dagi gol+pas ko'rsatkichini 50taga etkazib oldi. U 36 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, 14 marta gollarga hammualliflik qilgan.
Azmun ushbu ko'rsatkichni 58 o'yinda qayd etdi. SHu tariqa, 25 yoshli hujumchi bunday natijaga tez erishgan klub tarixidagi eng yaxshi legionerga aylandi. Avvalgi natija esa braziliyalik Xalkka (59 o'yin, 50 gol+pas) tegishli edi.
Sardor 2019 yilning fevralidan buyon peterburgliklar sharafini himoya etib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar