Azmun Rostov safida maydonga tushdi va 4 oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
08 iyu 2016 17:10
Yangiliklar
Azmun Rostov safida maydonga tushdi va 4 oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
Futbolchi kuni kecha Rubin yig'inini tark etib Eronga qaytgandi. Kecha u Avstriyada o'tgan Rostov – Trenchin uchrashuvida Rossiya klubi safida maydonga tushdi.
Rostov klubi bu holatni rasman tasdiqlagani yo'q: o'yin qaydnomasida faqat asosiy tarkib bor. Azmun esa Slovakiya klubi tomonidan amalga oshirilgan videotranslyaciyada ko'rinib qolgan.
Rostov Azmunni o'z futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazishga urindi, biroq RFPL talabnomani rad qilgandi.
Bu boradagi surishtiruv ishlari 13 iyulda boshlanadi. Azmun 4 oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin, Rostovga esa ikkita transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlanishi mumkin. Sababi eronlik hujumchining Rubin bilan shartnomasi bor.
Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida Eron terma jamoasi O'zbekiston bilan o'ynaydi. Azmun Eron terma jamoasining asosiy hujumchisi hisoblanadi.
Fikrlar