Azizbek Haydarov terma jamoa lagerini tark etdi
11 noy 2016 21:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/227489_original.jpg)
![](/upload/storage/227489_220.jpg)
Azizbek Haydarov terma jamoa lagerini tark etdi
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov 15 noyabr kungi bahsda maydonga tusha olmaydi.
"Azizbek Haydarov Janubiy Koreaga qarshi o'ynamaydi. U bugungi mashg'ulotda yana jarohat oldi va terma lagerini tark etdi", - deb yozadi futbol agenti Sanat SHaripov tvitterdagi o'z sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Haydarov "Al SHabab" klubi safida jarohat olib Toshkentga kelgandi. Jarohati u qadar jiddiy bo'lmagani uchun kecha bo'lib o'tgan Iordaniya bilan bahsda zaxiradan maydonga tushgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar