Frenki de Yong: "O'zbekistonga qarshi o'yindagi bazi holatlar asabni buzdi"

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2026, 20:00
Yarim himoyachi Frenki de Yong O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Niderlandiya terma jamoasining o'yini (2:1) bazida "asabga tegadigan" bo'lganini ta'kidladi.

"O'zimiz uchun ko'p narsalarni anglab oldik. Albatta, bu biz Jahon chempionatida namoyish etmoqchi bo'lgan daraja emas, ammo o'yin foydali bo'ldi. Maydondagi harakatlarni avtomatizm darajasiga olib chiqish kerak, shu manoda Jahon chempionatiga yanada tayyorlanamiz.

Bazida bunday o'yinlar kishini xunob qiladi, lekin men bundan tushkunlikka tushmayman. Oldinda rivojlanish bo'lishini bilamiz va buning ustida ishlaymiz. Ayrim jihatlarni to'g'rilashimiz kerak, shunda o'yinimiz yaxshilanishiga ishonaman.

Agar vaziyatlardan unumli foydalanganimizda, o'yin manzarasi butunlay boshqacha ko'rinish olardi, chunki bizda bunday imkoniyatlar etarlicha bo'ldi. Uchta gol urganimizda, taassurotlar mutlaqo boshqacha bo'ladi. Eng muhimi shundaki, vaziyatlarni yarata olyapmiz. Umid qilamanki, to'p darvozaga kirishni istamaydigan o'yinlarni o'tkazib bo'ldik. Endi esa to'plar darvoza to'ridan joy ola boshlaydi", – dedi xavbek.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: NOS