Aziz Turg'unboev Qatarga qarshi o'ynay oladimi? Terma jamoa shifokori javob berdi
31 jan 17:44
Yangiliklar
Aziz Turg'unboev Qatarga qarshi o'ynay oladimi? Terma jamoa shifokori javob berdi
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev kecha Tailand bilan o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi.
"Kecha Turg'unboev oyog'i bilan maydonga biroz noqulay tushgani uchun almashtirildi. Diyor Xolmatovda ham kichik muammo kuzatildi. O'yindan keyin mehmonxonaga borib muolaja qilganimizdan keyin barchasi joyiga tushdi. Nasib qilsa Turg'unboev ham, Xolmatov ham chorak finalda o'ynay olishadi", - dedi O'zbekiston terma jamoasi shifokori Alisher Aripov championat.asia saytiga.
Eslatib o'tamiz, Turg'unboev Tailand bilan o'yinning 37-daqiqasida gol urdi. 82-daqiqada uning o'rniga Zafarmurod Abdirahmatov maydonga tushdi.
Fikrlar