Aziz Ibragimov: "Golim jamoamga g'alaba keltirganidan xursandman"

Narzulla Saydullayev
19 may 2016, 10:15
O'zbekiston kubogi 1/8 finali birinchi o'yini doirasidagi "Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Aziz Ibragimov o'z fikrlarini bildirdi.
"Avvalo barcha "Buxoro" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Uzoq yo'l bosib bizni stadiondan qo'llash uchun kelgan muxlislarga rahmat aytaman. Aynan ularning qo'llashi tufayli g'alaba qozondik.

Golimga keladigan bo'lsak, o'sha vaziyatda barcha jamoadoshlarim qo'riqlanayotgan edi. Raqiblar uzoq masofadan zarba berishimni kutishmagan shekilli meni ochiq qoldirishdi. Natijada gol urishga muvaffaq bo'ldim.

Shunday muhim o'yinda gol urib jamoamga g'alaba keltirganimdan xursandman", - deydi Aziz Ibragimov.

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia