

Uning so'zlariga ko'ra, bu qarama-qarshilik nafaqat jamoalar, balki ularning muxlislari uchun ham katta intriga va hayajon bilan kechadi.
- "O'yin derbi maqomidek o'tadi. "Neftchi" uchun bu o'yinda alohida alam ham bor, chunki birinchi davrada ular o'z maydonida "Paxtakor"dan 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan. Shuning uchun jamoa o'zida kuchli revansh kayfiyati bilan maydonga tushadi. Biroq menimcha, uchrashuv shiddatli kurashlar va bahs-munozaralarga boy kechsa-da, bugun g'alaba "Paxtakor" jamoasiga nasib etadi", - dedi Ibrohimov.


