So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Aziz Haydarov: "Yo'qotilgan ochkoni topishimiz qiyin bo'ladi" Yangiliklar

Aziz Haydarov: "Yo'qotilgan ochkoni topishimiz qiyin bo'ladi"

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi uchrashuvdan keyin O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i muxlislarga murojaat qilish barobarida, o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

- Assalomu aleykum. Avvalambor, muxlislarimizdan, bizga ishongan yaqinlarimizdan natija uchun uzr so'rayman. Barcha ko'rdi, bildi mag'lubiyatga uchrashga loyiq emasdik. Meni o'ylashimcha biz kuchliroq o'ynadik. SHok holatdaman. Bu ochkoni qaerdandir topish biz uchun qiyin bo'ladi deb o'ylayman. Ammo, bu-futbol. Futbolchilarimizni ko'rdingiz jonini berib o'ynashdi, hech kimni yomon to'p tepdi deb aytolmayman. Bundan ham ko'prog'ini istashimiz, intilishimiz kerak. Ozgina kichkina xatolar ustida ishlaymiz. Qaysidir manoda omad ham zarur bo'ldi, ko'rdingiz rikoshetdan gol qo'yib yubordik. Oldinga yugurdik, hujum qildik orqa chiziq ochiq qoldi va qarshi hujum.

- 2:1 hisobida oldinga chiqib olganimizda biroz ortga qaytib o'ynashimiz kerakmidi...

- Jalolni almashtirib o'rtaga bitta yarimhimoyachini chiqardik. Lekin, qilgan o'zgarishimiz yordam bermadi. Bari biz o'ylagandek bo'lmadi.

- Nazarimizda, Sanjar Qodirqulov, Rustam Ashurmatov va yana bir nechta futbolchilar tajriba bobida yakkakurashlarda ko'p mag'lub bo'ldi...

- To'g'risini aytsam, yakkakurashlarda ko'p joyda yutqazdik. Agar biz oldinga intilmoqchi, mundialga chiqishni istasak har tomonlama kuchli bo'lishimiz kerak. Tezroq qaror qabul qilishimiz lozim, ko'p o'ylanib qolyapmiz. Biz o'rgatgan narsalarga amal qilishligini xohlaymiz. Hammasi yaxshi bo'ladi xudo xoxlasa. Qaniydi doim uch ochko jamg'araversak, jahon chempionatida ishtirok etaversak. Qiyin vaziyatdan birgalikda chiqib ketishimiz muhim. Ishqibozlardan ohirigacha qo'llab quvvatlashlarini so'rab qolaman, seshanba kuni Falastin bilan muhim o'yin o'tkazamiz. Ularni mag'lub etishimiz shart. SHundagina yana umid paydo bo'ladi.

- Saudiya Arabistoni avvalgi o'yinlarda u qadar kuchlidek ko'rinmadi. Bu bahsda darvozalarga beshta gol kiritilishini kutganmidingiz?

- Barcha g'alabaga ishondi. Yana qaytaraman yutqazish uchun maydonga chiqmadik. Yoki haddan tashqari g'alabaga ishonib yuborgandirmiz. Sizlarni gapingizda ham jon bor, lekin yosh futbolchilar qachondir o'ynashi kerak-ku.  Tajribali ekan deb qariyalarni o'ynatavermaymiz-ku. Eng yaxshi xatolarni g'alabadan so'ng ko'ra bilishimiz darkor.



Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика