So’nggi yangiliklar

10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   1 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  6 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3

Aziz Haydarov: “Bizni o'rnimizni bosadigan yosh umidli futbolchilar chiqib kelmoqda” Yangiliklar

Aziz Haydarov: “Bizni o'rnimizni bosadigan yosh umidli futbolchilar chiqib kelmoqda”

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash uchinchi guruh bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu bahsdan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Aziz Haydarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Qatar terma jamoasiga qarshi bahsdan oldin bizni g'alabadan boshqa narsa qoniqtirmasligini barcha futbolchilar yaxshi tushinib turgandi. Barchamiz ushbu uchrashuvga xuddi final uchrashuvidek chiqdik. Yakunda ijobiy natijaga erishdik. Murabbiyimiz qantay taktika tanlagan bo'lsa xuddi shunday o'yin ko'rsatdik.

To'g'ri, Qatar terma jamoasi ham kuchli o'yin ko'rsatdi, lekin natijani biz qo'lga kiritdik. Afsuski safarda Suriya terma jamoasiga mag'lub bo'ldik. Xayotda faqat oldinga intilib yashash kerak. Jahon chempionatida ishtirok etish nafaqat muxlislarni balki murabbiy va futbolchilarning ham orzusi. Har doim muxlislar biz bilan birga bo'lishini istardim. Muxlislarga birgina etirozim bor, futbolchi yaxshimi yomonmi maydondan chiqib ketayotganda ularni olqishlar bilan kuzatib qo'yish kerak. Nimaga? Bu narsa etika deyiladi. 2-3 yildan so'ng biz ham milliy terma jamoamiz muxlisi bo'lamiz. Bizni o'rnimizni bosadigan yosh umidli futbolchilar chiqib kelmoqda.


SHuning uchun ham mana shunday narsalarni tushunib etishimiz kerak. Bu safar mag'lub bo'lgan bo'lsa ertaga g'alaba qozonadi. Ertangi o'yindan oldin muxlislar futbolchilarni ruhini sindirib qo'yishi kerak emas. Futbolchilarning ruhi mana shunday ko'tariladi. Muxlislar bo'ladimi, murabbiy yoki futbolchilar, barchamiz bitta maqsadda harakat qilsak Jahon chempionatiga albatta chiqamiz”, - deydi O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Aziz Haydarov.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi 


Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика