Aziz Haydarov: “Nasib qilsa, muxlislarga g'alaba tuhfa etamiz” (Video+intervyu)
06 sen 2014 16:52
Yangiliklar
Aziz Haydarov: “Nasib qilsa, muxlislarga g'alaba tuhfa etamiz” (Video+intervyu)
Milliy terma jamoamiz indinga Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Sifatli turi
Mobil turi
Hozir bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik olib borilmoqda. Barcha legionerlar terma jamoa ixtiyoriga etib kelgan. BAAning “Al SHabab” klubida to'p tepayotgan Aziz Haydarov ham boshqalar qatori mashg'ulotlarda astoydil ishlamoqda. Kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotdan so'ng ushbu yarim himoyachidan qisqacha intervyu oldik.
- Aziz, 8 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta Yangi Zelandiya termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bu o'yinga tayyorgarlik qanday ketyapti?
- Terma jamoamiz kuni kecha Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Endi navbatdagi o'yinimiz Yangi Zelandiyaga qarshi bo'lib o'tadi. Bu o'yinlarga tayyorgarlik 1 sentyabrdan boshlandi. Avvaliga mahalliy o'yinchilar va yoshlar yig'ildi, keyinchalik legionerlar ham etib kelishdi. Hozir to'liq tarkib bilan mashg'ulotlarni boshlab yuborganmiz. Hozircha raqib ishtirokidagi videolavhalarni ko'rib chiqqanimiz yo'q. Yangi Zelandiya ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib chiqqach, raqib haqida yaxshi tasavvurga ega bo'lamiz. O'ylashimcha, bu jamoa biz uchun jiddiy raqib, chunki ularda Angliya, Germaniya chempionatlarida to'p tepayotgan legionerlar bor. Terma jamoamizda muhit ajoyib, hammaning kayfiyati joyida. Nasib qilsa, 8 sentyabr kuni chiroyli o'yin ko'rsatgan holda muxlislarimizga g'alaba tuhfa etamiz.
- Sizningcha, o'yin qiziq kechadimi?
- Menimcha, uchrashuv juda yaxshi saviyada kechadi. CHunki Yangi Zelandiya qanaqa jamoa ekan degan qiziqish biz - futbolchilarda ham bor. SHu vaqtgacha arab jamoalari bilan ko'p marta o'ynab ko'rdik. Bundan tashqari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya bilan ham o'ynaganmiz, ammo Yangi Zelandiya biz uchun yangi nom hisoblanadi. SHu bois ham qiziq tuyulyapti.
- Mirjalol Qosimov sizni Osiyo o'yinlariga olib ketmoqchi edi, lekin klubingiz bunga ruxsat bermadi.
- Bu mavzu bo'yicha klubga rasmiy murojaat qilindi, biroq “Al SHabab” rahbariyati Osiyo o'yinlari FIFA taqvimida o'tkazilmasligini inobatga olib, meni qo'yib yuborishmadi. O'zimga qolsa jon deb Osiyo o'yinlarida qatnashgan bo'lardim. Lekin shunga qaramay, yaxshi tarkib yig'ilgan deb o'ylayman va bu tarkib bilan musobaqada g'alaba qozona olamiz.
- Malumki, BAA chempionati sentyabrning o'rtalaridan boshlanadi. Ammo 1-turdan o'rin olgan “Al SHabab” - “Al Ayn” bahsi nomalum muddatga qoldirildi.
- Bunga sabab “Al Ayn” Osiyo chempionlar ligasining keyingi bosqichiga yo'l oldi va shu kuni Saudiyaning “Al Hilol” klubiga qarshi maydonga tushadi. SHu bois o'yinimiz qoldirilgan. CHempionatdagi ilk uchrashuvni 21 sentyabrda “Al Ahli”ga qarshi o'tkazamiz.
- BAA chempionatida qisqa muddat faoliyat olib borib, yana yurtimizga qaytib kelgan Oybek Qilichev haqida nima deya olasiz? U ko'proq o'ynashi mukinmidi?
- Menga malum bo'lishicha, Oybek Qilichev olti oylik ijara asosida SHarja klubiga yo'l olgandi. Ammo uning jamoasi “Al SHaab” mavsum oxirida quyi divizionga tushib ketdi. Natijada Oybek ham ortga qaytib kelishga majbur bo'ldi. Ammo uning o'yinidan yaxshi taassurotlar qoldi va hozir ham Oybekni eslab turishadi.
X.Xoliqov suhbatlashdi.
Fikrlar