So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  1 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  7 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Aziz Ashurov: "Qo'qon uchun jonimni beraman" Yangiliklar

Aziz Ashurov: "Qo'qon uchun jonimni beraman"

"Qizilqum" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga ko'ra Qo'qon jamoasi darvozaboni Aziz Ashurov, ushbu bahsda eng yaxshi o'yinchi deb topildi.
Biz mohir darvozabonning uchrashuv haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Avvalo bugungi o'yinda barcha jamoadoshlarim yaxshi o'ynashdi. Natijada hammani ulushi bor. Qolaversa murabbiylarimiz Navoiy jamoasiga qarshi taktikani to'g'ri tanlaganlari natijasida biz mehmondan ochko bilan ortga qaytdik.

Jamoamizda barcha darvozabonlar o'rtasida iliq munosabat yo'lga qo'yilgan. Kechagi bahsda murabbiylarimiz menga ishonch bildirishdi, ularning va muxlislarning ishonchlarini oqlay olganimdan xursandman. SHu o'rinda jamoamizning oldingi murabbiylari menga ishonishmaganini aytib o'tmoqchiman. Men Qo'qonlikman va shahrim uchun jonimni berishga tayyorman. Har bir o'yinimizga oila azolarim, yaqin do'stlarim kelishadi. Men ularni oldida maydondan boshimni  egib chiqib ketishni istamayman.

Barcha muxlislarimizni kirib kelayotgan "Qurbon hayiti" bayrami bilan barcha jamoadoshlarim nomidan tabriklayman. Barchalarini oilalariga tinchlik, xotirjamlik va salomatlik tilayman - deydi Aziz Ashurov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика