So’nggi yangiliklar

18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  1 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  4 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  6 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  3 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1

Azim Ahmedov: Namanganlik muxlislarga rahmat aytaman Yangiliklar

Azim Ahmedov: Namanganlik muxlislarga rahmat aytaman

Yangi mavsum tayyorgarligi boshlangan vaqtda amaldagi mamlakat chempioni Paxtakor o'z safini yangi futbolchilar bilan to'ldirishni boshlab yubordi.

Xususan jamoa Navbahorda o'zini ko'rsatib, tajribasini oshirib borgan Azim Ahmedovni safga chorladi. Ahmedov namanganliklarning asosiy tarkib futbolchisi sifatida to'p tepib kelgandi. Endilikda u Paxtakor sharafini himoya qiladi. Uning sherlarga o'tishi rasman hal bo'lganidan so'ng kichik Ahmedov bilan suhbatda bo'ldik.

- Paxtakorga o'tishim shu yaqin kunlarda ijobiy hal bo'ldi, - deb gap boshladi Ahmedov. Bilasiz, har bir futbolchi kelajakda kuchliroq jamoada to'p tepishni va yutuqlarni qo'lga kiritishni istaydi. Aynan shunday istak menda ham bor edi. Paxtakor varianti yuzaga kelib qolganidan so'ng esa buni qabul qilishga qaror qildim. Albatta, bir to'xtamga kelishim oson kechgani yo'q. Birinchi navbatda akam bilan maslahatlashdim. Qolaversa, Navbahor murabbiyi va rahbariyatiga bu istagimni bildirdim. Barcha bilan o'zaro maslahatlashib bo'lganimdan so'ng Paxtakor safiga qo'shildim.

- Adashmasak, Sizga Neftchi jamoasi tomonidan ham taklif tushgandi, to'g'rimi?
- Takliflar bor edi. Lekin Paxtakordan tushgan taklif meni qiziqtirib qo'ygandi. SHu boisdan qolgan takliflar ustida o'ylab o'tirmadim. Osiyo CHempionlar ligasida o'ynash orzum. SHuningdek, bu klub bilan mamlakat chempioni va kubokida yutishni istayotganligim bois, sherlar safiga borib qo'shilishni ko'proq xohladim.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика