Azar qachon safga qaytishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

16 avg 2019, 20:05
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar chap sonidan olgan jarohati tufayli 3-4 haftani o'tkazib yuborishi mumkin.

Bu haqda Marca nashri ma'lum qildi. Shunday qilib, belgiyalik LaLiganing 1-turida "Selta"ga qarshi o'yindan tashqari 2 va 3-turlarni ham o'tkazib yuboradi.

Azar ushbu yozgi transfer oynasida Londonning "Chelsi" klubidan "Real"ga ko'chib o'tgandi. Unga madridliklar 7-raqamni ishonib topshirishdi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com