Azar: “Oltin to'p”ni yutish uchun odam ko'proq o'zini o'ylashi kerak, men unday emasman”
19 may 2018 01:32
Yangiliklar


Azar: “Oltin to'p”ni yutish uchun odam ko'proq o'zini o'ylashi kerak, men unday emasman”
“CHelsi” yarim himoyachisi Eden Azar zamonaviy futbolda shaxsiy sovrinlar haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
“O'ylashimcha, bizning davrimizda “Oltin to'p” yoki eng yaxshi to'purarlikni qo'lga kiritish uchun futbolchi maydonda ko'proq o'zini o'ylashi, xudbin bo'lishi lozim. Ammo men mutlaqo bunday toifadagi inson emasman. Men qanday bo'lsam, shundayman”, deya Azarning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda 101 Great Goals.
Joriy mavsumda 27 yoshli belgiyalik futbolchi APLda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar