So’nggi yangiliklar

01:11"Реал" Ляпортни сотиб олмоқчи  0 00:46Фердинанд МЮни жиддий танқид қилди  0 00:15"Атлетико" 5 сафар ўйинини мухлисларисиз ўтказади  0 23:55Погба - дисквалификацияси ҳақида: "Бу нафақат мен, оилам учун ҳам оғир дамлар бўлди"  0 23:22Каррагер Тухелнинг тайинлануви борасида нималар деди?  4 22:59Иско - хуруж ҳақида: "Дам олиш ва овқатланишга болаликдан эътибор бериш керак"  0 22:33Тухель нима сабабдан МЮни эмас, термани танлаганини маълум қилди  0 21:43"Сельта"га қарши ўйин олдидан "Реал" таркибидаги муаммолар маълум қилинди  2 21:20Рафаэль Варан замонавий футболни танқид қилди  0 20:50"Бавария" логосида кичик ўзгариш бўлганини маълум қилди  5 20:24Ўзимизнинг карикатура: "Оқ бўрилар" ниҳоят нохуш анъанага нуқта қўйди  17 20:02Томас Тухель норози мухлисларга мурожаат қилди  0 19:37Месси "Олтин тўп"га лойиқ футболчи кимлигини айтди  76 19:18Асрор Алиқулов: "Майдоннинг сунъийлиги барча жамоаларга қийинчиликлар туғдиради"  1 18:55Аббосбек Файзуллаев: Майдонга тушганимни "кичик мўъжиза" деб атасак бўлади. Шифокорларимиз туфайли мен баҳсда иштирок эта олдим"  6

Azamat Isroilov: “SHkvirin meni noldan ko'targan” Yangiliklar

Azamat Isroilov: “SHkvirin meni noldan ko'targan”

Professional futboldagi ilk qadamlarini “Olmaliq”da tashlagan Azamat Isroilov 5 (!) yil deganda jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.

Iqtidorli futbolchi yana Andijonda o'ynaydigan bo'ldi. Yana deyishimizning boisi bor. Isroilov bilan suhbatlashganimizda, ilgari ham Andijonda o'ynaganini aytib, ochig'i bizni hayron qoldirdi. Bu yil olmaliqliklar bilan xayrlashgach, unga bir qator klublardan qiziqarli taklif bo'ldi. Yakunda futbolchi “Andijon”ni tanladi.

- Azamat, “Olmaliq”da 5 yil o'ynadingiz. Tabiiyki bu vaqt oralig'ida jamoa sizga qadrdon bo'lib qolgan ersa kerak. SHunday ekan klubdan ketish ham oson bo'lmaydi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Albatta, “Olmaliq” safida katta futboldagi ilk qadamlarimni tashlaganman va bu jamoa meni shu darajaga chiqishimda muhim o'rin tutadi. “Olmaliq” haqida bugungi kunda ko'pchilik iliq fikrlar bildiradi. U erda yaxshi “kollektiv” yig'ilgan. Tabiiyki bunday jamoa bilan xayrlashish ham qiyin. 


- Bu klubga kelib qolishingiz tarixi haqida to'xtalib o'tsangiz?
-  2011 yilning qishida birinchi liganing ayrim klublarida ko'rikda bo'lib, o'ta olmaganman. O'sha paytda Igor SHkvirin meni ko'rgan shekilli “Olmaliq”qa taklif etgandi. Xarakatlarim maqul kelib, “Olmaliq” azosiga aylandim. O'sha yilning o'zidayoq murabbiylar asosiy tarkibda menga ishonch bildira boshlagan. Adashmasam debyut mavsumimda 7-8ta uchrashuvda ishtirok etganman. Oliy ligadagi debyut o'yinim esa o'z maydonimizda “Dinamo”ga qarshi bahsda yuz bergandi.

- Oliy ligadagi birinchi golingizni eslay olasizmi?
- Birinchi golimni “SHo'rtan”ga urganimni bilaman. Agarda yanglishmayotgan bo'lsam bu 2012 yilgi mavsumda ro'y bergan.

- “Olmaliq”qa borishingizdan oldin qaysi klublardan bo'lgansiz?
 - Ungacha asosan ikkinchi ligada o'ynaganman. 2009 yili Andijonda o'ynadim. Mahalliy klublardan biri – “AOZSK” jamoasi birinchi ligaga chiqish uchun astoydil xarakat qilgandi. O'sha paytda men ham ushbu jamoada o'ynaganman. Mahalliy murabbiy Mahmud aka Matkarimovning taklifiga binoan kelgandim. (Kulib) Taqdirni qarang, oradan 7 yil o'tib yana Andijon jamoasida o'ynash nasib etmoqda.

- “Burgutlar” safiga qo'shilishingiz qanday amalga oshdi?
- “Olmaliq”dan ketgach, o'zimni “Andijon”da sinab ko'rishni maqul topdim. Yashirmayman, o'zim bosh murabbiyga bu borada murojaat qildim va Ashurmatov menga imkoniyat berdi. “Andijon” yig'iniga qo'shilganimdan so'ng oliy liganing ayrim klublari menga taklif bilan chiqdi. Moliyaviy tomondan foydali takliflar bo'lishiga qaramay, bu yil asosiy etiborimni futbolga o'ynashga qaratdim. Baxtiyor Azamovichni qanday inson va murabbiy ekanligini yaxshi bilaman. SHu bois bu yil u kishi bilan birga ishlashni istadim. Umid qilamanki bu yil yana futbolchi sifatida o'sishimda murabbiyning yordami katta bo'ladi.  

- Adashmasam, Ashurmatov bilan ilgari milliy terma jamoada yo'llaring kesishgandi. To'g'rimi?
- Ha, Mirjalol Qosimov meni ilk bor milliy terma jamoaga taklif etganida Baxtiyor Azamovich ham murabbiylar shtabida faoliyat olib borardi. O'sha paytda Ashurmatov menga juda ko'p yo'l-yo'riqlar ko'rsatgan. O'zi ilgari himoyachi bo'lgani uchun ham himoyachiga xos bo'lgan xususiyatlarni menga uqtirib borgan. Baxtiyor Azamovichning MTJ o'yini oldidan menga aytgan bitta gapi hali hamon yodimda qolgan. Yani murabbiy o'shanda menga maydonga tushgach, havodagi to'pni birinchi bo'lib, bosh bilan qaytarib olsang o'zingga bo'lgan ishonch ortadi degan. Haqiqatdan ham keyin shunday bo'lgan.  


- Igor SHkvirin ham faoliyatingizda muhim o'rin tutsa kerak?
- Bo'lmasamchi! Igor Anatolevich meni noldan ko'targan. Har bir murabbiyning o'z falsafasi bo'ladi. SHkvirin qattiqqo'l murabbiy. Ammo kerak paytda shogirdlarini ko'ngliga yo'l topa oladi. Ushbu mutaxassis shu kungacha ko'plab yoshlarni tarbiyalab, kashf etib berdi. Garchi “Olmaliq”dan ketgan bo'lsamda, Igor Anatolevichdan minnatdorman.

- “Andijon”dagi ilk taassurotlaringiz qanday?
- Fikrim ijobiy. Yangitdan jamoa tuzilmoqda. Murabbiylar shtabida malakali kishilar ishlamoqda. Tarkibda ham taniqli nomlar jamlangan.

- Andijonlik muxlislar talabchan...
- Vodiyda ashaddiy ishqibozlar ko'p. Bu haqda oldin eshitganman. Andijonga kelib shaxsan o'zim bunga guvoh bo'ldim. Bu yil yangitdan jamoa tuzilayotgani uchun ham muxlislarning qiziqishi yuqori. Stadion tribunasi to'lib toshganda o'yin ham shunga yarasha bo'ladi. CHempionat boshlanishini intizorlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, bu yil “Andijon” autsayderlar qatorida bo'lmaydi.

- “Andijon”ga kelganingizdan beri sizni o'ng va chap qanot himoyasida xarakat qilganingizni ko'rdik. O'zingiz uchun qay biri qulay?
- Buni farqi yo'q. Muhimi o'ynasam bas.
 
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика