Azamat Allaniyozov: "Klub bilan tinchgina, yaxshilikcha xayrlashdik"
04 iyu 2017 13:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/262584_original.jpg)
![](/upload/storage/262584_220.jpg)
Azamat Allaniyozov: "Klub bilan tinchgina, yaxshilikcha xayrlashdik"
Yil boshida Navoiyning "Qizilqum" klubiga o'tgan Azamat Allaniyozov birinchi davra tugagach jamoani tark etdi.
"Futbol Ekspress" nashri muxbiri futbolchidan intervyu oldi.
"Klubdan ketish sababimi? Bu klub bilan o'rtamizdagi sir-da. Buni sizga ayta olmayman. Nima qilamiz bir birimizni yomonlab? Qisqasi jamoani o'z xohishimga ko'ra tark etdim. Rahbarlarga ketmoqchi ekanligimni aytdim. "Qizilqum" bilan kelisha olmadik. Vaziyatni ikir-chikirigacha aytishni istamasdim. Klub bilan tinchgina, yaxshilikcha xayrlashdik. "Qizilqum"ga o'tib xato qildim. Bu erga futbolni tugatish uchun kelish kerak", - deydi Allaniyozov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar