So’nggi yangiliklar

23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  0 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  2 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  18 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  4 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7 18:57"Ал Иттиҳод" Бензема ўрнига Салоҳни олиб келмоқчи  4 18:30Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойга ютқазди  7 18:13"Андижон" Хомяков билан боғлиқ вазият юзасидан расмий изоҳ берди  5

Azamat Abduraimovdan: Nega mag'lub bo'ldik? Yangiliklar

Azamat Abduraimovdan: Nega mag'lub bo'ldik?

Teglar :  Azamat Abduraimov
Taniqli sobiq futbolchi, murabbiy, shu bilan birga o'z vaqtida jurnalistika sohasida faoliyat yuritgan Azamat Abduraimov o'z chiqishlari bilan Erudit Sport gazetasida nuqtai nazarini bildirib o'tdi.
1994 yilgi Osiyo chempioni, Janubiy Koreya ustidan qozonilgan yagona g'alabamizda gol muallifiga aylangan Azamat Abduraimov Janubiy Koreya – O'zbekiston (2:1) uchrashuvi borasidagi tahliliy maqolasini chop etdik.

MUKAMMAL BOSHLANISH

Milliy terma jamoamizning o'yinning dastlabki qismida ko'rsatgan o'yini barcha qatori meni ham juda xursand qildi. Vakillarimiz raqibdan hayiqmay ajoyib tarzda himoyalanishdi, bo'sh hududlarni faollik bilan yopa olishdi va raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Maydonda zamonaviy pressingni qo'llab, qarshi hujum boshlash bilan birga Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilarini xato qilishga majbur qila olishdi. Yani, o'yin avali uchun tanlangan taktika o'zini oqladi, futbolchilarning ishtiyoqi esa o'yinimizni yanada jonlantirdi. Aynan to'pni olib qo'yishdagi jamoaviy harakatlar tufayli mezbonlar darvozaboni xatoga yo'l qo'ydi, Marat Bikmaev esa bundan ajoyib tarzda foydalanib, barchani quvontirayotgandi. SHu bois ilk taymni mukammal boshlanish sifatida baholasa bo'ladi. Bu kutilmagan yoqimli boshlanish bo'ldi. azamat-aka

IKKINCHI BO'LIMGA TAYYOR EMASDIK

Tanaffusdan keyin esa murabbiylarimiz xatoga yo'l qo'yishdi. Ikkinchi bo'limda raqiblar bizga umuman boshqacha futbolni taklif qilishganida, murabbiylar shtabi va futbolchilarimiz bunga tayyor emasdi. Yani, mezbonlar zaxira kuchlaridan juda to'g'ri foydalanishdi, biz esa bu borada xatoga yo'l qo'ydik. Raqib ikkinchi bo'limda hujumkorlikni oshirishi malum edi va shunga yarasha tezkor qanot futbolchisi va bo'ydor hujumchini tarkibga qo'shdi. Ular maydonda ustunlik qilib, to'liq hujumga kirishganlarida esa himoyachilarimiz raqib hamlalarini to'xtatishdi xatoliklarga yo'l qo'ya boshlashdi. Yani, birinchi bo'limda ko'rsatilgan faol pressing ko'zga tashlanmadi. Bu balki jismoniy holatdandir. SHu bilan birga raqib jamoa futbolchilarining Evropa futbolidan bahramand bo'lganliklari, tajriba bobida ustun ekanligi ko'rinib turdi.

GEYNRIX TUSHIRILISHI – NOTO'G'RI QAROR

... maqolaning to'liq qismini "Erudit Sport" saytida o'qish mumkin.
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика