So’nggi yangiliklar

08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  100 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0

Azamat Abduraimov: "To'xtab qolmasdan oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz lozim" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "To'xtab qolmasdan oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz lozim"

Birinchi ligada dastlabki bosqich bahslariga nihoyasiga etdi.

SHarq mintaqasida ishtirok etgan jamoamiz birinchi bosqichni muvaffaqiyatli o'tkazib 1-o'rinni qo'lga kiritdi. So'nggi turda “Paxtakor-2”ga qarshi uchrashuvdan keyin Abduraimov jamoasining birinchi bosqichdagi ishtiroki haqida o'z fikrlarini bildirdi.

SO'NGGI UCHRASHUV HAQIDA

- Birichi bosqichning oxirgi uchrashuvida “Paxtakor-2” jamoasi bilan durang o'ynadik va albatta bu natijadan qoniqish hosil qilganim yo'q. Futbolchilar raqibning kuchiga yuqori baho berishmagani uchun g'alabani qo'lga kirita olmadik. Ular yoshlarni bir oyoqda o'ynab yutamiz deb o'ylashdi shekilli. Buning natijasida futbolchilar xotirjamlikka berilishdi va birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik. Garchi hisobni mezbonlar ochishgan bo'lsa-da, mag'lubiyatga uchramaslik uchun oxirigacha harakat qildik. To'g'ri, bundan avval ketma-ket safardagi uchta uchrashuvda g'alaba qozondik. Ana shu yutuqlardan keyin futbolchilar oxirgi o'yin ham oson o'tadi deb o'ylashgan bo'lsa kerak. O'yinda ustunlik bizning tarafda bo'ldi va ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Lupashko, Jo'raboev, Soliev, Azizov qulay vaziyatlarni ko'kka sovurishdi. Umuman olganda bu uchrashuvda etakchilarimiz o'zlarini ko'rsata olishmadi. Rahmonov, Jadigerov, Abdurahimov kabi mahoratli yarim himoyachilarimiz o'z darajalarida to'p surishmadi. 


BIRINCHI BOSQICH YAKUNI TO'G'RISIDA

- Umuman olganda birinchi bosqichni yaxshi o'tkazdik. Bo'lib o'tgan 22 uchrashuvning 18tasida g'alaba qozonib kerakli ochkolarni jamg'ara oldik. Qolaversa, boshqa jamoalarga nisbatan ko'proq gol urdik. Bu esa birinchi bosqichda yaxshi ish olib borganimizni ko'rsatib turibdi. Lekin xotirjam bo'lishga erta va hali kurash oldinda. CHunki ikkinchi bosqichda SHarq va G'arb mintaqasining 8 jamoasi kurash olib boradi. Haqiqiy kurash endi boshlanadi. To'g'ri, ko'pchilik aytishi mumkin “Mashal” va “Andijon” oliy ligaga chiqish uchun eng asosiy favoritlar. Ammo “Zarafshon” va “Qo'qon-1912” jamoalari ham oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun oxirigacha harakat qilishadi. SHu bois ikkinchi bosqichda o'yinlar oson o'tmaydi. SHuni inobatga olganda endi hal qiluvchi bosqichga yanada puxta tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. 


TAYYORGARLIK REJALARI XUSUSIDA

- Dastlabki bosqichda ko'p o'yinlar o'tkazdik va endi bundan buyog'iga jiddiy uchrashuvlar bo'ladi. SHu sababli “Paxtakor-2” bilan o'yindan keyin futbolchilarga deyarli ikki haftaga yaqin tatil berdim. 22 iyul kuni klub qarorgohiga yig'ilib ikkinchi bosqichga tayyorgarlikni boshlaymiz. To'g'ri, o'z mintaqamizda yaxshi o'yinlar namoyish etib boshqalarga nisbatan ko'p ochko jamg'ardik. Ammo o'yinimizda hali kamchiliklar bor va qiladigan ishlarimiz ko'p. Mashg'ulotlarda asosiy etiborni jismoniy holatni oshirishga va taktikani yanada mukammalashtirish ustida ishlaymiz. Bundan tashqari tarkibimizda ko'plab yosh o'yinchilar bor va ularning individual mahoratini oshirishga ham asosiy etiborni qaratamiz. Ikkinchi bosqich taqvimi hali tuzilmagani uchun qaerda yig'in o'tkazish borasida bir to'xtamga kelmadik. SHunga qaramay, tayyorgarlikni Andijonda olib borishni rejalashtiryapmiz. Mazkur yig'in chog'ida bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkaziladi. SHuningdek, oliy liga klublari, masalan “Navbahor” bilan kuch sinashimiz mumkin. 


SELEKCIYA ISHLARI HAQIDA

- Albatta, ikkinchi bosqichda tarkibni kuchaytirishni maqsad qilganmiz. SHu bois tanaffus chog'ida selekciya ishlarini olib boramiz. Masalan, chap qanot himoyamizda muammolar bor. Mana shu joyga yaxshi saviyadagi o'yinchi kerak. Bundan tashqari tajribali futbolchi Asqar Jadigerov bilan mavsum boshida yarim yilga kelishgandik. Agar Asqar ketadigan bo'lsa, jamoaga uning o'rnini bosadigan pleymeyker kerak. Bilishimcha Asqarga oliy liga klublaridan takliflar bor. Biroq u hali yakuniy qarorga kelgani yo'q. Birinchi bosqich o'yinlaridan xulosa qilsak, himoya chizig'imizda kamchiliklar borligi ko'zga tashlanadi. CHunki narigi mintaqada “Mashal” bilan solishtirganda biz ko'proq to'p o'tkazib yubordik. Yig'inlarda mana shu kamchiliklarni bartaraf etishimiz lozim. Birinchi bosqichda biz o'yinlaridan qoniqmagan futbolchilar ham yo'q emas va ayrimlari bilan xayrlashishimiz mumkin. SHuningdek, jamoaga yana bir yordamchi murabbiy taklif etishni ham o'ylab turibmiz. Hammasi yig'in boshlanganidan so'ng malum bo'ladi. Asosiysi, to'xtab qolmasdan birinchi bosqichdagi muvaffaqiyatni ikkinchi raundda ham davom ettirishimiz hamda oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak. 


TEMUR HAKIMOV TO'G'RISIDA
- Temur iqtidorli futbolchi. Ochig'i, uni jahon chempionatidan chet qolib ketishini kutmagandim. ALbatta, terma jamoa bilan uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rib tarkibdan tushib qolishi har qanday futbolchiga ruhiy zarba bo'ladi. Temurga ham shu narsa so'nggi paytlarda biroz halaqit berdi. Garchi u jahon chempionatiga bormagan bo'lsag'da, jamoamiz uchun foydasi tegdi va yaxshi o'yinlar ko'satdi. To'g'ri, Hakimov doim yorqin o'yin namoyish etmayotgan bo'lishi mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, 18-19 yoshda har bir uchrashuvda barqaror o'yin ko'rsatish qiyin. Temurni yil oxirigacha ijarasi borasida kelishganmiz. Umid qilamanki, u ikkinchi bosqichda ham jamoamizga yordam beradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика