Azamat Abduraimov: "Oilaviy muammolari sababli Raskovni uyiga qaytishiga ruxsat berdik"
25 apr 2014 09:59
Yangiliklar
Azamat Abduraimov: "Oilaviy muammolari sababli Raskovni uyiga qaytishiga ruxsat berdik"
“Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov ukrainalik futbolchining ketishi to'g'risida quyidagi fikrlarni bildiridi.
- Avvalo shuni aytishim kerakki, Viktor Raskov bilan bu qadar tez xayrlashamiz deb o'ylamagandik. Hozir Ukrainadagi vaziyatni hammamiz yaxshi bilamiz. Raskov oilasi bilan bog'liq muammolar tufayli ketishga ruhsat so'radi. Uni jamoamiz bilan shartnomasi bo'lishiga qaramay, insoniylik jihatdan vaziyatni to'g'ri tushunib futbolchining qarorini qo'llab-quvvatladik. SHu bois ikkala tomon ham o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildik. Bu borada hech qanday xafagarchilik bo'lmadi va do'stona xayrlashdik.
- Bosh murabbiy sifatida ukrainalik futbolchining o'yinini qanday baholaysiz? Raskov “Andijon”da o'zini ko'rsata oldi deyish qiyin.
- Raskov Toshkentdagi so'nggi yig'inimizda tarkibimizga qo'shildi. U jamoaga kelganda sport formasi to'la tayyor edi deya olmayman. Ukraina chempionatida tanaffus bo'lgani bois hujumchi ancha vaqt shug'ullanmagandi. SHuning uchun Viktor maydonda 90 daqiqa o'ynashga to'la tayyor emasdi. SHu sababli uni bir bo'limdan o'ynatib kelayotgandik. Lekin boshqa tomondan olib aytganda, ukrainalik hujumchi Toshkentdagi yig'inimizda o'zini ko'rsata olgandi. Nazorat o'yinlarida gollar ham urgandi. SHu bois undan ko'p narsa kutgandik.
Ammo Raskov jamoa o'yiniga moslashib keta olmadi yoki boshqa sababmi, o'tgan beshta uchrashuvda o'zini ko'rsata olmaganini ham aytib o'tish kerak. 5-turda “Dinamo” bilan o'yinga qadar raqiblar darvozasiga birorta to'p kirata olmadik. Bu nafaqat hujum, balki yarim himoya chizig'idagi muammolar bilan ham bog'liq. Raskovda ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Masalan, “Paxtakor” va “Dinamo” bilan bo'lgan uchrashuvlarda. Lekin vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. Vaholanki, Viktorning ko'rsatkichlari yomon emasdi. U Litva va Ukrainada o'ynab to'purarlik mahoratini ko'rsata olgandi. Biroq “Andijon”da uning omadi chopmadi. Futbolchinining ketishi sabablardan yana biri shu ham bo'ldi. Ukrainalik hujumchi bilan do'stona xayrlashgan holda uning kelajakdagi ishlariga omad tilayman.

Fikrlar