Azamat Abduraimov: "Men istefo berishga tayyorman"
08 iyu 2014 19:04
Yangiliklar
Azamat Abduraimov: "Men istefo berishga tayyorman"
"Andijon" jamoasi o'z maydonida "So'g'diyona"ga yutqazib qo'ygani bois tabbiyki mezbonlar bosh murabbiyi Azamat Abduraimovning kayfiyati yaxshi emasdi.
Uchrashuv haqida murabbiy shunday dedi.
- Bugungi mag'lubiyat va chempionatdagi omadsiz ishtirok uchun muxlislardan uzr so'rayman. Barcha javobgarlikni o'z zimmamga olaman. Hamma yaxshi biladi, agar jamoa mag'lubiyatga uchrasa bunga bosh murabbiy aybdor sanaladi. Albatta, bunday bo'lganidan juda afsusdaman. Endi rahbariyat taqdirimni hal qiladi. Bir so'z bilan aytganda, men istefo berishga tayyorman, - deydi Abduraimov.
- O'yin borasida qanday fikrdasiz, bugun jamoaga nima etishmadi?
- Bugun futbolchilar o'ynamadi deya olmayman va ular harakat qilishdi. Ammo hujumlarni gol bilan yakunlash mahorati bizga etishmadi. To'p kiritishimiz uchun bir qator vaziyatlar bo'ldi. Biroq bu imkoniyatlardan foydalanishda futbolchilarga sovuqqonlik etishmadi. Bundan tashqari bugun himoyachilarimiz yana bo'sh o'ynashlari oqibatida darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yubordik.
Yana shuni qo'shimcha qilib aytmoqchi edimki, safimizdagi bir qator o'yinchilar oliy liga saviyasiga mos emasligi bilinib qoldi. Albatta, vaziyatni o'nglash uchun tarkibni kuchaytirish kerak. SHunda jamoa oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolishi mumkin. Yana qaytarib aytaman, bugun “So'g'diyona”ni yutib muxlislarni xursand qilishni juda xohlagandik. Lekin natija bo'lmadi, shunday ekan, bunga javob berishga tayyorman.

Fikrlar