So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Azamat Abduraimov: Markaziy Osiyo futbol associaciyasi chempionati yuqori darajada o'tishiga aminman Yangiliklar

Azamat Abduraimov: Markaziy Osiyo futbol associaciyasi chempionati yuqori darajada o'tishiga aminman

26 iyul – 1 avgust kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo futbol associaciyasi tomonidan o'tkaziladigan “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasi bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqada O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afg'oniston va Qirg'izistonning o'smirlar terma jamoalari ishtirok etishadi.

Bugun O'zbekiston U-16 terma jamoasi ilk o'yinni soat 20:30da tojikistonlik tengqurlariga qarshi Dushanbedagi “Markaziy stadion”da o'tkazadi.

Musobaqa oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Azamat Abduraimov quyidagicha fikr bildirdi:

- Tojikistonda o'tadigan CAFA chempionati bizning terma jamoamiz uchun joriy yil hisobidan ilk xalqaro musobaqa bo'ladi. Yaqindagina tojikistonlik tengqurlarimizga qarshi Xo'jandda 2 ta o'rtoqlik o'yini tashkil etgan edik. Ushbu o'yinlar biz uchun ancha foydali bo'lganini takidlay olaman. O'sha o'yinlar bilan solishtirganda hozirda tarkibimizda 6-7 ta o'zgarish mavjud. Markaziy Osiyo futbol associaciyasi chempionati yuqori darajada o'tishiga aminman. Barcha raqiblar munosib darajada. Har bir o'yinga jiddiy hozirlik olib borishga urinamiz. Birinchi raqibimiz – Tojikiston terma jamoasi bo'ladi. Uchrashuv qiyin bo'lishi tayin, lekin biz faqat g'alaba uchun harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика