Azamat Abduraimov: "Lokomotiv" chempionlikka xos tarzda o'ynadi"
28 apr 2014 19:20
Yangiliklar
Azamat Abduraimov: "Lokomotiv" chempionlikka xos tarzda o'ynadi"
"Lokomotiv" - "Andijon" (4:0) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi ishtirok etdi.
"O'yinimiz o'xshamadi. Bugun "Lokomotiv" chempionlikka xos o'ynadi. "Andijon" bugun mahorat bobida raqibdan kuchsiz edi. Menimcha biz bugun chempionlikka kurashadigan jamoaga mag'lub bo'ldik. Afsus bilan tan olish kerakki biz hozirgi vaqtda "temiryo'lchilar"dan kuchsizmiz", - deydi Azamat Abduraimov.
"Mag'lubiyatda barchaning aybi bor, murabbiylar shtabining ham, futbolchilarning ham. Jamoaning hujumida muammolari ko'p, bugun himoyamizda ham muammolar ham borligini ko'rsatib berdi. G'alaba qozonsa jamoa yutadi, mag'lub bo'lsa - murabbiy. Vaziyatni o'nglash uchun bor kuchimiz bilan ishlashda davom etamiz".
"Faqat bugungi uchrashuv bilan o'yinimizga baho berish kerak emas. Ammo o'z maydonimizda "Dinamo"ga qarshi o'tgan bahsda biz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatgandik. Ammo o'yin qanchalik yaxshi bo'lsa ham natija bo'lmasa qiyin. Bugun esa o'yin ham, natija ham bo'lmadi".
"Kecha jamoa meni tug'ilgan kunim bilan tabrikladi. Ularga eng yaxshi sovg'a "Lokomotiv" ustidan qozoniladigan g'alaba bo'lishini aytdim. Afsuski bugun ular buni eplay olishmadi", - deydi kecha o'z tug'ilgan kunini nishonlagan Azamat Abduraimov.

Fikrlar