So’nggi yangiliklar

20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  0 19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  4 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  6 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   6 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  11 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  21

Azamat Abduraimov: "Igor Sergeev bugun markaziy hujumchi rolida o'ynashi kerak" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Igor Sergeev bugun markaziy hujumchi rolida o'ynashi kerak"

Osiyo Kubogidagi startdan so'ng terma jamoamiz haqida turli fikrlar yangrashda davom etmoqda.

Bugun ikkinchi o'yin va bunda g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi. Ammo g'alaba uchun avvalgi o'yinlardagi kamchiliklarni bartaraf etish, o'zgarishlarga qo'l urish kerak bo'ladi. Tajribali mutaxassis va sobiq futbolchi Azamat Abduraimov bu borada vaziyatni tahlil qilib ko'rdi. 

India

Asian Cup Grp. B . 2-tur

18/01/2024, 19:30

3
:
0
Tugadi

Uzbekistan

Abbosbek Fayzullayev - 4', Igor Sergeev - 18', Sherzod Nasrulloev - 45'

Stadion: Ahmed bin Ali Stadium, 38491 tomoshabin

45'
90'
46'  Manvir Singh (Rahul Kannoly Praveen)
72'  Sunil Chhetri (Ishan Pandita)
72'  Anirudh Thapa (Brandon Fernandes)
84'  Suresh Singh Wangjam (Deepak Tangri)
86'  Mahesh Singh Naorem (Kumam Udanta Singh)
4'  Abbosbek Fayzullayev
4'  Otabek Shukurov
18'  Igor Sergeev
45'  Sherzod Nasrulloev
46'  Sherzod Nasrulloev (Zafarmurod Abdirahmatov)
74'  Oston Urunov (Khozhimat Erkinov)
74'  Jaloliddin Masharipov (Azizbek Turgunbaev)
83'  Abbosbek Fayzullayev (Jamshid Iskandarov)
83'  Odildzhon Khamrobekov (Jamshid Boltaboev)

— O'ylaymanki, Katanec to'g'ri xulosa chiqaradi va tayyorgarlik jarayonidagi xatolarni inobatga oladi. Eng yaxshi tayyorgarlikka ega va poziciyalarga mos keladigan futbolchilarga o'zini ko'rsatish uchun imkon beradi, degan umiddaman. Deylik SHomurodovning jarohatidan so'ng markaziy hujumchi poziciyasiga futbolchi tayyorlash zarurligi ko'rinib qoldi. Katanec ilk o'yinda O'runovga ishonch bildirdi. Lekin bu uning joyi emasligini hammamiz ko'rdik. U qanotda o'ynashga o'rganib qolgan. Aynan o'z poziciyasida eng yaxshi o'yinini ko'rsata oladi. 

— Afsuski, murabbiylar shtabi hujumda faqat Eldorga bog'lanib qolishdi. Avvalgi 2 yil davomida Sergeev va boshqa hujumchilar terma jamoada etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lishmadi. 5-10 daqiqa futbolchiga o'yin sxemasiga moslashish va o'zaro tushunib olish uchun etarli vaqt emas. Buni sobiq hujumchi sifatida aytishim mumkin. Eldor jarohat oldi va bizda "B" reja yo'qligi oydinlashdi. Bu murabbiylar shtabining kamchiligi.  Xuddi shu narsa darvozabon poziciyasida ham bor. Bugungi kunda Nesterov yoki Bugalo kabi birinchi raqamli darvozabonlar yo'q. Katanec boshqa darvozabonlarga o'zini ko'rsatishiga imkoniyat bermay, Yusupovga ishondi. 

— Suriya bilan birinchi bo'limdagi o'yin shuni ko'rsatdiki, biz bu tarkibdagi futbolchilar bilan raqibning himoyasini yorib o'ta olmaymiz. Bugun ham shunday manzara guvohiga aylansak kerak. Klubida samarali harakat qilayotgan Igor Sergeev markaziy hujumchi rolida o'ynashi kerak.  Qanotlarda Fayzullaev va O'runovni ko'rishni istardim. Ular nostandart qarorlar orqali raqib himoyasini yorib o'tishi mumkin bo'lgan futbolchilardir. Sergeev esa ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydigan "klassik" hujumchi hisoblanadi. 

— Qolaversa terma jamoada o'z ortidan ergashtirishga tayyor bo'lgan yangi etakchilar topish kerak. Menimcha, Otabek SHukurov bu vazifani bajarishga allaqachon etib kelgan. U markazda o'ynaydi va hujumni o'zi oxiriga etkaza oladi. Uzoqdan zarbalar yo'llashi mumkin.  Biz Hindistondan mahorat bobida ustunmiz. Ularni albatta yutishimiz kerak. Yigitlar birlashgan holda o'zlarining eng yaxshi tomonlarini ko'rsatishsin. Bu g'alabani butun O'zbekiston kutmoqda. Terma jamoamizga omad tilayman. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика