So’nggi yangiliklar

19:19Ансельмино "Челси"га ўтгандан кейин: "Болалигимдан буни орзу қилардим"  0 18:50Сиаваш Ҳақназарий: "Биринчи давра қандай ўтгани ҳақида гапиришни истамайман. Янги бош мураббий жамоавий руҳимизни ўзгартирди"  0 18:23ПРО-Лига. "Шўртан" – "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:16ПРО-Лига. "Арал" – "Дўстлик": Асосий таркиблар маълум  1 18:11Жаҳон чемпионати саралаш босқичи. Ўзбекистон - КХДР учрашувини Аҳмад ал Каф бошқариб боради  10 17:54Буни кўрдингизми? Де Брюйне услубини ўзгартиради   3 17:30Энцо Фернандес янги мавсумда "Челси"нинг сардорларидан бири бўлади  0 17:12Левандовски янги мавсум тақвими ҳақида: "Ҳар икки кунда майдонга тушиб, максимум имкониятларингизни кўрсатишнинг иложи йўқ"  0 16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0 16:21Расман: Аарон Ансельмино — "Челси" футболчиси!   0 15:51Килиан Мбаппе "Реал" таркибидаги илк машғулотини ўтказди  2 15:26"Насаф" - "Пахтакор" учрашувини Абдураҳмонов бошқариб боради. Суперлига 15-турига расмийлар тайинланди  11 15:02Анчелотти: "Реал" — менинг охирги клубим"  4 14:34"Ливерпуль" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 14:10Доминик Соланке "Тоттенхэм"га ўтишга рози  2

Azamat Abduraimov: Guruhdagi asosiy raqib - Qirg'iziston termasi Yangiliklar

Azamat Abduraimov: Guruhdagi asosiy raqib - Qirg'iziston termasi

Malumki, 2016 yilning 10-21 fevral kunlari poytaxtimiz futzal bo'yicha Osiyo chempionatining final bosqichiga mezbonlik qiladi.

Toshkent shahrida qitamizning 16ta saralangan termalari jam bo'lib, kelasi yilning kuzida Kolumbiyaning Bogota shahrida o'tkaziladigan jahon chempionatining 5ta yo'llanmasi uchun kurash olib boradilar. Qura natijasiga ko'ra, Xose Mariya Mendez boshchiligidagi jamoamiz Qirg'iziston, Livan va Saudiya Arabistoni termalari bilan birga A guruhidan joy oldi. Biz o'z vaqtida futzal bo'yicha milliy terma jamoada murabbiy lavozimida ishlagan mutaxassis Azamat Abduraimovning qura borasidagi fikrlarini yozib oldik.

- Birinchi galda o'zbekistonlik barcha futbol va futzal ishqibozlarini Osiyo chempionatidek yirik turnirning Toshkentda o'tkazilishi bilan tabriklayman, - deya so'z boshladi Abduraimovlar sulolasining to'ng'ich vakili. - Poytaxtimiz uchinchi marotaba qita chempionatining final bosqichiga mezbonlik qiladi. Menimcha, hech bir davlat bunday ko'rsatkichni qayd etolmagan. Mazkur musobaqa mamlakatimiz sportida har doimgidek katta voqelikka aylanadi. O'z navbatida, katta masuliyat va sharaf hamdir. Eng muhimi, bularning bari xalqaro sport jamoatchiligining yurtimizda ushbu sohaga qaratilayotgan etiborni tan olishidir. Afsuski, malum sabablarga ko'ra qura tashlash marosimida ishtirok etolmadim. Lekin matbuotdagi xabarlar orqali voqealar rivojidan voqif bo'lib bordim. Hammasi juda chiroyli tarzda o'tdi. O'zbekiston futzal associaciyasi bunday yirik tadbirlarni hamisha yuqori saviyada o'tkazib kelgan. Bevosita quraning o'ziga kelsak, menimcha, u biz uchun omadli keldi. Eron va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olmasligimiz oldindan malum edi. Lekin pley-off bosqichida shu ikki jamoaning biriga to'qnash kelishimiz ehtimoli yo'q emasdi.


O'zbekiston A, Eron esa V guruhidan joy oldi. Demak, forslar bilan chorak finalda o'ynamaslik uchun guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlashimiz shart. O'z navbatida, Eron ham V kvartetida birinchi bo'lishi kerak. SHunda ushbu guruhning ikkinchi jamoasi bilan to'g'ridan-to'g'ri mundial yo'llanmasi uchun o'tkaziladigan o'yinda uchrashamiz. Yarim final ishtirokchisiga aylanish - JCH final bosqichiga chiqish, deganidir. Hammasi biz o'ylagandek davom etsa, termamiz yarim finalda Tailandga ro'baro' keladi. SHaxsiy fikrim, bu jamoa qitaning kuchli 4 termasi safidan joy oladi. Katta ehtimol bilan ikkinchi yarim final juftligida Eron va Yaponiya to'qnash kelishadi. Bu albatta, mening taxminlarim. Lekin xuddi shu scenariyning amalda o'z isbotini topishi uchun birinchi galda guruhda birinchi bo'lishimiz va chorak finalda ham g'alaba qozonishimiz shart. SHu o'rinda, terma jamoamiz joylashgan guruhni oson, deyish fikridan yiroqman. Hozirdanoq bir oyog'imiz bilan pley-off bosqichidamiz, deb o'ylash noto'g'ri. Menimcha, guruh g'olibligi uchun kurash O'zbekiston va Qirg'iziston termalari o'rtasida boradi. Etiborga molik jihati, biz shu paytgacha Qirg'izistonga biror marta yutqazmaganmiz. Lekin g'alaba qozonganimizga ham ancha yil bo'ldi. So'nggi o'yinimizda durang qayd etilganini unutmaslik kerak. Yon qo'shnilarimiz bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishlari aniq. Ular ham chorak finalda Eronga to'qnash kelmaslik maqsadida peshqadamlik uchun harakat qilishadi. Qirg'iziston termasi muntazam ravishda Osiyo chempionatida ishtirok etib, pley-off bosqichiga chiqib kelyapti. JCH yo'llanmasi o'ynaladigan bu galgi musobaqada ular o'z natijalarini yaxshilashga intilishlari tayin.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика