Azamat Abduraimov: "G'alaba uchun shogirdlarimga rahmat aytaman"
03 may 2014 21:07
Yangiliklar
Azamat Abduraimov: "G'alaba uchun shogirdlarimga rahmat aytaman"
“Andijon” – “Buxoro” uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “Andijon” bosh murabbiyi Azamat Abduraimov qatnashdi.
- Bugungi o'yinda shogirdlarim xarakter ko'rsatganlari uchun g'alaba qozondik. Biz uchrashuvga faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. O'yindan bir kun oldin qarorgohimizda yig'ilish o'tkazib, yigitlarga faqat g'alaba bizni qoniqtirishini takidlab o'tgandim. Va ular bu aytganlarimni bajarishga muvaffaq bo'ldilar. Bugungi o'yin biz uchun ancha og'ir o'tdi. Biz faqat g'alaba uchun o'ynadik, - deb gap boshladi Azamat Abduraimov.
- “Buxoro” jamoasi yaxshi shakllangan jamoalardan biri. Jamoaga tajribali murabbiy Edgar Gess boshchilik qilmoqda. O'z maydonlarida “Bunyodkor”ga etarlicha qarshilik ko'rsatganligini o'ziyoq jamoa haqida iliq fikrlar uyg'otishi tabiiy. Jamoada tajribali o'yinchilar talaygina. Masalan, Vuyovichni olaylik. Bu o'yinchi markazda ancha tartibli o'yin namoyish etdi.
- Alisher Azizovni bugun asosiy tarkibga kiritgan edim. U o'yindan oldingi mashg'ulot davomida kichik jarohat olib qoldi. Keyin zudlik bilan Bahrom Abdurahimovni tushirishga majbur bo'ldim. Bahrom bu o'yinda jarohat bilan o'ynadi. CHunki u safarda “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda maydonni jarohat bilan tark etgandi.
- Bugun o'yinda bizga havoning issiqligi ham ozgina tasir qildi. Birinchi bo'limdagi o'yinimiz shuning evaziga qovushmadi. Endi keyingi bahslarda faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. G'alaba uchun shogirdlarimga rahmat aytaman.
Komiljon Ikromov yozib oldi.

Fikrlar