So’nggi yangiliklar

09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германийда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  3 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  1 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  2 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  1 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  3 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  1 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  1

Ayollar futboli. “To'maris” – “Sevinch” 0:5 Yangiliklar

Ayollar futboli. “To'maris” – “Sevinch” 0:5

Bugun jamoamiz o'z maydonida Xorazmning “To'maris” jamoasini qabul qildi. Ushbu uchrashuv 19-tur doirasidagi bo'lib, aslida “To'maris” jamoasi maydonida bo'lishi kerak edi.


Har ikkala jamoa o'zaro kelishuviga asosan, o'yin Qarshida bo'lib o'tdi. SHuningdek o'yin muddati ham oldinga surildi.

Bugun “To'maris” jamoasi uchrashuvda maydon egasi sifatida o'ynadi. Mazkur jamoalarning turnir jadvalida mavqiega etibor qaratadigan bo'lsak, “To'maris” jamoasi chempionatning asosiy autsayderi bo'lib turibdi, “Sevinch” jamoasi esa chempionlik uchun davogarlik qilmoqda.

Uchrashuv natijasini ham shundan kelib chiqib, taxmin qilishni qiyinchiligi yo'q edi. CHunki jamoamiz har qanday raqibga (uning mavqiega qarab emas) qarshi kuchli o'yin namoyish etadigan jamoa hisoblanadi. Bunga ularning tajribasi ham salohiyati ham etarli darajada.

Kutilganidek bugungi uchrashuv ham ana shunday jamoamiz ustunligida boshlandi. To'g'ri, o'yin boshida biroz jamoamiz raqiblariga oldinga o'tishga imkon yaratib berishdi, ammo bu ko'pga cho'zilmadi. SHundan so'ng jamoamiz keng maydon bo'ylab hujumga o'tdi va tezkor gol kiritishga erishishdi. Uchrashuvning 3-daqiqasida markazdan jarima maydoniga tezlikda kirib borgan jamoamiz hujumchisi Zebo Jo'raeva, bir urinishda darvozani aniq nishonga oldi – 0:1.

Oradan to'rt daqiqa o'tib, yarim himoyachimiz Feruza Turdiboeva oradagi hisobni 0:2ga etkazib qo'ydi. Ushbu gollardan keyin qizlarimiz tezkor hujumlar uyushtirib, ketma-ket yana raqiblar darvozasiga uchta gol kiritishdi. Uchrashuvning 9, 10 va 11-daqiqalarida Mahliyo Sarikova, Feruza Turdiboeva va Zebo Jo'raevalar o'z hisoblariga bittadan gol yozishib qo'yishdi.

Zebo Jo'raevaning uchrashuvdagi urgan ikkinchi goli mavsumdagi 32-goliga aylandi. Mohir yarim himoyachi qizimiz Feruza Turdiboevaning ham mavsumdagi urgan gollari 11taga etdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida darvozabonimiz Olga Kaxarova almashtirildi, uning o'rnini Laylo Tilavova egalladi. 19-daqiqada esa jamoamiz murabbiy Vladislav Xan birdaniga uchta o'yinchini almashtirdi, buni tushunsa bo'lardi, chunki oldinda ketma-ket o'yinlar bo'lgani uchun shunday qaror qabul qilishga to'g'ri keldi. Darhaqiqat bu vaqtga kelib, o'yin taqdiri ham deyarli hal bo'lgan edi. Dastlab maydonga tushgan jamoamiz sardori Zebo Jo'raeva o'rniga Nilufar Qudratova, yosh himoyachimiz Fayoza Samandarova esa hujumchimiz Mahliyo Sarikovani o'rniga, chempionatning ikkinchi davrasi boshidan “Sevinch” jamoasi safiga qo'shilgan, bungacha “Sevinch-2” jamoasida to'p surgan yosh yarim himoyachi Kunnosa Netroyaj Mariya Moiseeva o'rnini egalladi. Birinchi bo'limning qolgan daqiqalarida darvozalarga gollar kiritilmadi.

SHunday qilib, birinchi bo'lim ana shu hisobda nihoyasiga etdi.

Ikkinchi bo'limda jamoamiz o'yinchilari gol urishga unchalik o'rinishmadi. Ular ko'proq o'zlarida to'pni ushlab turishga harakat qilishdi. Ora-orada tashkil etilgan hujumlarda hujumchilarda gol urishga aniqli etishmadi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limida boshqa esda qolarlik voqealar sodir bo'lmadi.

SHunday qilib, “Sevinch” jamoasi joriy chempionatdagi o'zining 16-g'alabasini nishonladi va ochkolari sonini 48taga etkazib oldi. Jamoamiz musobaqa turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi.

Jamoamiz navbatdagi 17-tur uchrashuvini o'z maydonida Olmaliqning “Olmaliq W” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 8 oktyabr  payshanba kuni bo'lib o'tadi.

XXI O'zbekiston chkmpionati, 19-tur.

 “To'maris” (Xorazm) – “Sevinch” (Qarshi) 0:5

06.10.2015. “Geolog” stadioni. 16:00da

Bosh hakam: Suxrob Sattorov (SHaxrisabz)

Hakamlar: Dilfuza Ro'zieva (Qarshi), Marjona Rahmatqulova (SHaxrisabz), Zilola Rahmatova (Qarshi).

Nazoratchi:  SHuhrat Egamberdiev (Qarshi)

Gollar: Zebo Jo'raeva, 3-0:1, 11-0:5,  Feruza Turdiboeva, 7-0:2,10-0:4,  Mahliyo Sarikova, 9-0:3.

“To'maris”: 1.Jumagulbonu Bekberganova, 4.Gulyor Tursunboeva, 5.Sabohat Erkinova, 6.Rayhon Bekberganova, 7.Dilnoza Bektemirova, 11.Barchinoy Eshmurodova (14.Zuhra Otabekova 46), 9.Mohinur Qo'zieva, 17.Dilnoza O'tamova, 12.SHaxzoda Ermatova, 3.Asaloy Otanazarova, 10.Gulmira Tojiboeva (s).

Zaxira: 2.Muxlisa Qodirberganova.

“Sevinch”: 1. Olga Kaxarova (12. Laylo Tilavova 12), 5.Mahliyo Yusupova, 25. Zumrat Nazarova, 3.Oliya Axmedova, 11. SHaxzoda Jamolova, 4. Saida Xandamova, 7. Feruza Turdiboeva, 17. Tanzila Zarbieva, 9.Mahliyo Sarikova (15. Fayoza Samandarova 19), 19. Mariya Moiseeva (77.Kunnosa Netroyaj 19), 10. Zebo Jo'raeva (s) (23.Nilufar Qudratova 19).

Zaxira: 16.Matluba Abdirasulova, 18. Kamola Risqieva, 2.Angelina Poleshkevich.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика