So’nggi yangiliklar

18:50Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 18:45Про лига. "Арал" – "Локомотив" 1:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  1 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  15 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  2 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  4 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  4

Ayollar futboli. O'zbekiston kubogining finali 24 oktyabrda o'tkaziladi Yangiliklar

Ayollar futboli. O'zbekiston kubogining finali 24 oktyabrda o'tkaziladi

Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston kubogining final uchrashuviga Toshkentning "Bunyodkor" hamda Qarshining "Sevinch" jamoalari etib kelishdi.

CHempionlik poygasida ham jiddiy raqobat qilayotgan mazkur ikki klub o'rtasidagi hal qiluvchi o'yinga bo'lgan qiziqish katta.

Rejaga ko'ra final o'yini 25 noyabr kuni o'tkazilishi kerak edi. Taqvim bo'yicha 17-26 oktyabr kunlari Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida ayollar o'rtasida CAFA kubogi bo'lib o'tishi belgilangandi. Biroq, ayrim sabablarga ko'ra Bishkekdagi musobaqa keyinroqqa qoldi. Natijada oktyabr oyining yuqorida keltirib o'tilgan kunlarida bo'shliq yuzaga keldi. O'zbekiston futbol Associaciyasi hamda Professional futbol ligasi o'zaro kelishib, mana shu vaqt oralig'ida mamlakat kubogining final uchrashuvini o'tkazishni lozim deb topdi. Bu qaror shuningdek kubok finalining noyabr oyi so'nggiga qolib ketmasligini ham taminlab beradi. O'z navbatida Toshkent va Qarshi jamoalari ham yuqoridagi qarorni qo'llab-quvvatlashdi.

SHundan kelib chiqib, 24 oktyabr — payshanba kuni final uchrashuvi Toshkentdagi "To'qimachilik" stadionida o'tadigan bo'ldi. Bellashuv soat 15:00da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика